(h SNCh - hn )ρn
Pkel. = Pn + -------------------
100
bu yerda, Pn – neft qudug’idagi qatlam bosimi, MПa ;
h SNCh – suv neft chegarasi yuzasining mutloq chuqurligi, m;
hn – quduqda qatlam bosimi o’lchangan nuqtaning mutloq ko’rsatgichi, m;
ρn– neftning zichligi, kg/m3.
Alohida quduqlar bo’yicha qatlam bosimi (SNChga keltirilgan) haqidagi ma’lumotlar qatlam bosimi xaritasini tuzish uchun foydalaniladi. Bu xarita izobar xarita deb yuritiladi. Bu xaritalar bo’yicha butun uyum va uni alohida qismlarining o’rtacha qatlam bosimi kattaligi hisoblanadi. Izobar xaritasining tahlili uyumning yangi quduqlar burg’ilash ko’zda tutilgan qismlarida bosim kattaligini baholash imkoniyatini yaratadi.
Qatlam harorati.
Qatlam haroratini o’rganish qatlam flyuidlarining xossalarini aniqlash, neft va gaz zaxiralarini hisoblash, maxsuldor qatlamni ishlatishni loyihalash va amalga oshirish, uning ish tarzini, qatlam suvlari dinamikasini o’rganish uchun, yer qobigining issiqlik maydonini tadqiq qilish uchun hamda quduqlarni sementlash va perforatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan turli texnik vazifalarni yechish uchun zarur.
Chuqurlik oshib borgan sari yer qobig’ini harorati o’sadi. Shu bilan birga yer sharining turli xududlarida chuqurlashgan sari haroratning o’sishi turlicha. Yer qobig’ining yuqori qatlamlari (10-20 km) uchun harorat o’rtacha har 33 metrga 10C ga oshadi.
Haroratning o’sishi geosinklinal viloyatlarda platformalarga nisbatan tezroq, yosh platformalarda qarilariga nisbatan tezroq bo’ladi.
Yer qobig’ida chuqurlik oshgan sari haroratning o’zgarishini tavsiflash uchun geotermik pog’ona va geotermik gradient kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |