1-Амалий машғулот Murakkab geologik sharoitli neft quduqlarini ishlatish usullarini tanlash


Geotermik pog’ona deb chuqurlik oshgan sari tog’ jinslarining harorati 1


Download 22.33 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1105420
1   2   3
Bog'liq
1-Амалий мураккаб геологик шароитли

Geotermik pog’ona deb chuqurlik oshgan sari tog’ jinslarining harorati 10C ga oshadigan masofaga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:


G = (H-h) / (T-t)

Bu yerda, G- geotermik pog’ona, m/0C; N-harorat o’lchangan joyning chuqurligi, m; h – doimiy haroratli qatlamning yotish chuqurligi, m; T - N chuqurlikdagi harorat, 0С; t – havoning o’rtacha yillik harorati, 0C.


Geotermik gradient deb, har 100 metr chuqurlikda haroratning o’sishiga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(T-t) 100
G = ————
N-h
Shunga muvofiq geotermik pog’ona va geotermik gradient orasidagi bog’liqlik G=100/G munosabat bilan ifodalanadi.


Tarz (rejim) deb, neft va gazni qatlam bo’ylab quduqlar tubiga harakatlantiruvchi va tabiiy sharoitlar hamda qatlamga ta’sir ko’rsatish bo’yicha tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan qatlam energiyasining ustun turini yuzaga kelish xaraktyeriga aytiladi.
U yoki bu tarzning xaraktyeri haqida vaqt maboynida neft va gaz debiti, qatlam bosimi, gaz omillarini o’zgarishi, chekka va ostki suvlarning siljishiga qarab xulosa chiqariladi.
Neft va gaz uyumlarida qatlam energiyasining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
1) ostki va chekka suvlarning siquvi;
2) neft, gaz, suv va jinslarning qayishqoqlik kuchlari;
3) neftda erigan gazning kengayishi;
4) siqilgan gazning bosimi (gaz uyumlari, neftgaz va gazneft uyumlari gaz shapkasi);
5) og’irlik kuchi;
6) neft uyumlarini ishlatish jarayonida qatlamga suv, gaz, havo haydash. Bu kuchlarning yuzaga kelishi tabiiy rezervuarning xarakteri, uyumni shakli va qavati, kollektorlik xossalari, uyumdagi flyuidlarning tarkibi va o’zaro nisbati, qatlam suvlarining ta’minot viloyatidan uzoqligi, uni ishlatish sharoitlari bilan bog’liq.
Tarzlarga nom berish uyumni ishlatishni ma’lum bir davrida qatlam energiyasining asosiy manbalarini yuzaga kelish xarakteriga ko’ra qabul qilingan. Shunga muvofiq neft va gaz uyumlarini ishlatishning quyidagi turlari ajratilgan:
Neft uyumlari uchun:

  1. suv siquvi (bosimi);

  2. qayishqoq - suv siquvi;

  3. gaz bosimi (gaz shapkasi tarzi);

  4. erigan gaz tarzi;

  5. gravitatsion;

Gaz uyumlari uchun:

  1. gaz tarzi;

  2. gaz-qayishqoq-suv siquvi;

  3. gazsuv siquvi;

Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling