1-Амалий машғулот Murakkab geologik sharoitli neft quduqlarini ishlatish usullarini tanlash


Download 22.33 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1105420
  1   2   3
Bog'liq
1-Амалий мураккаб геологик шароитли




1-Амалий машғулот
Murakkab geologik sharoitli neft quduqlarini ishlatish usullarini tanlash.
Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari chekka suvlar, ostki suvlar, gaz shapkasidagi gazning bosimi, neftda erigan gazlarning eritmadan ajralish vaqtidagi bosimi, qatlamning qayishqoqlik kuchlaridan yuzaga keladi. Bu kuchlar juda kam xollarda mustaqil ta’sir ko’rsatadi, odatda bir-biri bilan turli kombinatsiyalarda yuzaga keladi. Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari haqida unda qatlam bosimini o’zgarishi bo’yicha xulosa qilinadi. Bosim qancha yo’qori bo’lsa qatlamning energetik resurslari shuncha katta bo’ladi va neft va gaz uyumlarini ishlatish shuncha samarali bo’lishi mumkin. Qatlamdagi bosimlar farqi neft va gazni qatlam bo’ylab quduqlarga harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.
Respublikamizdagi va chet ellardagi konlarning boshlang’ich qatlam bosimi kattaliklari shuni ko’rsatadiki, u chuqurlik oshishi bilan har 10 metrga 0,08-0,12 MПa ga oshadi, o’rtacha 10 metrga 0,1 MПa ni tashkil etadi. Bu gidrostatik bosimga ya’ni urganilayotgan qatlamdan quduq ustigacha (og’zigacha) balandlikdagi zichligi 1 g/sm3 chuchuk suv ustuni bosimiga muvofiq keladi.
Kon amaliyotida qatlam bosimining kattaligini aniqlash uchun bosim quduq tubida turli sharoitlarda o’lchanadi. Quyidagilar farqlanadi:
Boshlang’ich qatlam bosimi – maxsuldor qatlamni ahamiyatli miqdorda flyuidlar olingunga qadar birinchi ochgan ishlamayotgan quduq tubida o’lchangan bosim ;
joriy dinamik qatlam bosimi – qatlamdan flyuidlar oqimi to’xtatilgandan so’ng ishlamayotgan quduq tubidagi statik bosim;
quduq tubi bosimi – ishlayotgan quduq tubida o’lchangan bosim.
Uyum maydonining turli qismlarida maxsuldor oraliqni ochgan quduqlarda chuqurliklar farqi sababli qatlam bosimi xatto ishga tushirishga qadar turlicha bo’ladi. Shuning uchun zaxiralarni hisoblash, ishlatishni loyihalash va tahlil qilishda, hamda turli gidrodinamik hisoblarda shartli yuzaga nisbatan olingan keltirilgan qatlam bosimidan foydalaniladi. Ko’pincha bunday yuza sifatida SNCh ning boshlang’ich holati qabul qilinadi. Neft quduqlari uchun keltirilgan bosim quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling