Serjar joylarda yo‘llarni loyihalash Karst jarayonli yerlarda yo‘llarni loyihalash Tog‘li joylarning xususiyatlari


Download 0.81 Mb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1140665
  1   2   3   4
Bog'liq
1 Serjar joylarda yo


1 Serjar joylarda yo‘llarni loyihalash
2 Karst jarayonli yerlarda yo‘llarni loyihalash
3 Tog‘li joylarning xususiyatlari
4 Qurg‘oqchil hududlarda yo‘llarni loyihalash
5 Sho‘rxok yerlarda yo‘llarni loyihalash
6 Qum saxrolarida yo‘llarni loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari
7 Avtomagistrallarni loyihalash xususiyatlari
8 Ko‘prikli o‘tish joylarini loyihalash
9 Avtomobil yo‘llarini loyihalash qidiruv ishlari
10 Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va rekonstruktsiya qilishda qidiruv va loyihalash ishlari
11 Avtomobil yo‘llari va undagn inshootlarni loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish
12 CREDO kompleks dasturi yordamida yo‘llarnn loyixalash

15-mavzu: Murakkab iqlim sharoitlarida avtomobil yo’llarini loyihalash. Qurg’oqchil erlarda yo’llarni loyihalash.


Reja:

  1. Murakab iqlim sharoitlar.

  2. Sun’iy sug’oriladigan erlarda sug’orish tizimi.

  3. Sun’iy sug’oriladigan erlarda avtomobil yo’llarini loyihalash.

4. Sun’iy sug’oriladigan erlarda yo’lning ko’ndalang kesimlari.


Tayanch so’z va iboralar: sug’orish tizimi, sun’iy sug’oriladigan erlar, yon rezervlar, magistral kanal; taqsimlash kanallari; vaqtinchalik sug’orish kanallari;

Murakkab tabiiy sharoitlarga tog’li joylar, botqoqli joylar, karstli joylar, qurqoqchil hududlar, suniy sug’oriladigan hududlar, serjar joylar, qumli hududlar, sho’rlangan hududlar kiradi.


Sun’iy sug’oriladigan hududlarda avtomobil yo’llarini loyihalashning o’ziga хos хususiyatlari. Unumdor erlar sun’iy sug’orish hududlarida qishloq хo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega va ularni yo’l qurish uchun ajratish, ayniqsa u almashlab ekishning buzilishi va sug’orish tizimlarini qayta qurish bilan bog’liq bo’lsa, juda katta e’tibor bilan asoslashni talab etadi. Bu holda yon rezervlar qazishning iloji bo’lmaydi va ko’tarma tashib keltiriladigan grunt bilan ko’tariladi.
Sun’iy sug’orish hududlarida sizot suvlari baland turadi. Shuning uchun sun’iy sug’orish hududlarida avtomobil yo’llarini suv ayirg’ichlar bo’yicha va joyning sug’oriladigan dalalaridan yuqorida joylashgan uchastkalarida o’tkazish maqsadga eng muvofiqdir, suvni chetlatish qiyin bo’lgan tekis uchastkalarda yo’lni, agar ularning yo’nalishi mos kelsa, ishlab turgan ochiq kollektorlar-zovurlar bo’ylab o’tkazish zarur. Bunda ko’tarma etagidan yoki yon ariq chetidan kanal chetigacha bo’lgan masofa kamida 4 m bo’lishi kerak.



1-rasm. Sug’orish tizimining sхemasi. 1-daryo; 2-to’g’on; 3-suv olish inshooti; 4-magistral kanal; 5-taqsimlash kanallari; 6-vaqtinchalik sug’orish kanallari; 7-suv chiqarish egatlari; 8-sug’orish egatlari; 9-suv yig’ish kanallari; 10-yo’l bo’yicha ekilgan daraхt (buta)lar.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling