Reja: - Yuqori jag`ning birinchi premolari
- Yuqori jag`ning ikkinchi premolari
- Yuqori jag`ning birinchi molari
- Yuqori jag`ning ikkinchi molari
- Yuqori jag`ning uchinchi molari
Yuqori jag`ning birinchi premolari - Yuqori jag`ning birinchi premolarida toj qismi to`g`ri burchak shakliga ega, til yuzasi lunj yuzaga nisbatan biroz kichikroq. Lunj yuzasi bo`rtib chiqqan, tojning egrilik belgisi yaxshi namoyon bo`ladi. Lunj yuzasi yon yuzalarga o`tish joyida yumaloq burchak hosil qilib o`tadi. Yon yuzalari to`gri burchakni elatadi va til yuzalariga davom etadi. Chaynov yuzasida ikkita do`mboqchalar orasida fissura joylashadi. Fissuralarning ikki tomonida ko`ndalang ketgan egatchalar va valiglar kuzatiladi. O`rtacha uzunligi 21 mm. quyidagi xillari uchrashi mumkin: 2-ildi, 2-kanal-72%; 1-ildiz, 1-kanal-9%; 1-ildiz, 2-kanal-13%; 3-ildiz, 3-kanal-6% Tish bo`shlig`i bo`yin sohasida joylashadi. Kanalning ustki qismi voronkasimon shaklga ega bo`lib, bevosita ildiz kanallariga davom etadi.
. - Tanglay kanali biroz keng, lekin qisqa, lunj kanali esa tor, biroz qiyshaygan. Tish bo`shlig`ini ochish joyi bo`rtib chiqqan lunj do`mbog`Idan boshlanadi.
Yuqori jag`ning ikkinchi premolari - Yuqori jag`ning ikkinchi premolari birinchisiga nisbatan biroz kichikroq. Dahliz yuzasi bo`rtib chiqqan. Kontakt yuzalari ham yumaloqlashgan. Chaynov yuzada ikkita do`mboqlar bo`lib, lunj do`mbog`i yaxshi rivojlangan. Do`mbog`I orasida ko`ndalang ketgan egatcha fissura kuzatiladi. Ildizi ko`pincha bitta, konus shakliga ega. Ayrim paytda ildiz cho`qqi sohasida ikkiga bo`linadi. O`rtacha uzunligi 22 mm. Quyidagi turlari bo`lishi mumkin: 1-ildiz, 1-kanal-75%; 2-ildiz, 2-kanal-24%; 3-ildiz, 3-kanal-1%.
- Tish bo`shligi tishning bo`yin sohasida joylashgan, kanali yoriq shaklida. Tish bo`shlig`ini ochish faqat chaynov yuzasidan amalga oshiriladi.
Yuqori jag`ning birinchi molari - Yuqori jag`ning birinchi molarining chaynov yuzasida 4 do`mboq bo`lib, ular bir-birlaridan egatlar bilan ajralib turadi. Bitta egatcha oldingi yuzada boshlanib, chaynov yuzani kesib o`tib, lunj yuzaga davom etadi va tishning bo`yin sohasigacha yetib boradi. Bu egatcha orqa yuzadan boshlanib, chaynov yuza orqali til yuzaga davom etadi va orqa til do`mbog`ini ajratadi. Uchinchi egatcha chaynov yuzaning o`rtasida boshlanib, ikkita birinchi egatchalarni qo`shib, oldingi til va orqa til do`mboqlarini ajratadi. Lunj do`mboqlari konus hsaklga ega, til do`mboqlariga nisbatan kattaro. Lnj yuzalari bo`rtib chiqqan, egatcha bilan bo`lingan. Tojning egrilik belgisi yaxshi rivojlangan. Orqa yuzasi oldingiga nisbatan biroz kichikroq. Oldingi til do`mbog`ida qo`shimcha do`mboq bo`lishi mumkin. Tishning yaxshi rivojlangan 3 ildizi bor.
. - O`rtacha uzunligi 22 mm, ko`pincha 3 ta ildiz, 3 ta kanali bor. 45-56% 3 ta ildi, 4 kanali, 2.4% 5 kanal uchrashi mumkin. Tish bo`shlig`I to`rtburchakni eslatadi, tubi bo`yin sohasida joylashgan. Tanglay kanali to`g`ri, keng, yumaloq yoki oval shaklda, lunj kanallaridan oldingi lunj biroz torroq, qiyshaygan. Tish bo`shlig`I chaynov yuzadan pulpaning tanglay shoxi tomon ochiladi. Ochilgan bo`shliq ko`rish uchun qulay bo`lishi kerak.
Yuqori jag`ning ikkinchi molari - Yuqori jag`ning ikkinchi molarining tuzilishi 4 xil bo`lishi mumkin:
- - Tishning toj qismi birnchi molarning toj qismini eslatadi, lekin qo`shimcha do`mboq kuzatilmaydi;
- - Tishning toj qismi romb shakliga ega, oldingi til va orqa lunj do`mboqlar yaqinlashgan, ular orasida bilinmas ega o`tgan;
- - Oldingi til va orqa lunj do`mboqlari qo`shilgan va chaynov yuzada 3 do`mboq mavjud;
- - Tishning toj qismi uchburchak shaklida, 3 do`mbog`I mavjud – bitta til va ikkita lunj.
- Birinchi va to`rtinchi turlari amaliyotda ko`proq uchraydi. O`rtacha uzunligi 21 mm. Tish bo`shlig`I kubsimon shaklda bo`lib, ildiz kanaliga 3 ta kirish qismi mavjud.
Yuqori jag`ning uchinchi molari - Yuqori jag`ning uchinchi molarining shakli va hajmi har xil bo`lishi mumkin. Ko`pincha tojda 3 ta do`mboq aniqlanadi, kamroq hollarda 4 yoki 5-6 ta uchrashi mumkin. Ildizlar soni turlicha bo`lishi, tish bo`shlig`ining shakli to`rtburchak yoki uchburchak ham bo`lishi mumkin. Bo`shliq gumbazi tishning bo`yin sohasiga to`g`ri keladi. Ildiz kanallariga kirish qismi uchburchak shakliga ega. Ko`proq 3ta va undan ko`p kanalli bo`lishi mumkin, lekin anatomik variatsiyalari turlicha bo`lgani uchun, faqat tish bo`shlig`I ochilganda kanal sonini aniqlash mumkin. Lekin endodontik davolash bu tishda qiyinroq olib boriladi.
E’tiboringich uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |