Mavzu; Tishlarning anatomic tuzilishi Tishlar dentes


Download 254.96 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi254.96 Kb.
#1370449
  1   2   3   4
Bog'liq
Tishlar anatomiyasi

Mavzu; Tishlarning anatomic tuzilishi

Tishlar - dentes

  • vaqtincha yoki sut tishlariga - dentes decidui va doimiy tishlar - dentes permanentes ga bo‘linadi. Tishlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
  • 1) dens incisivus - kesuv (kurak) tish;
  • 2) dens caninus - qoziq tish;
  • 3) dens premolaris - kichik oziq tish;
  • 4) dens molaris - katta oziq tish.

Tishlarning quyidagi qismlari bo‘ladi:

  • 1) toj qismi - corona dentis;
  • 2) bo‘yin qismi - collum dentis;
  • 3) ildiz qismi - radix dentis.
  • Ularning toj qismi alveolar o‘simtalardan chiqib turadi. Bo‘yin qismi milk bilan o‘ralgan boMadi, ildiz qismi esa alveolar o‘simtalar ichidagi chuqurchalarda joylashgan bo ‘ladi. Tishlarning bo ‘yin qismi milklar bilan o‘ralgan bo‘lib, tish toji milklaridan chiqib turgan qismi klinik toj - corona clinica, qolgan qism i esa klinik ildiz - radix clinica deyiladi.

Tish ildizining uchi apex radicis dentis deb atalib, shu sohadagi teshikka foramen apicis deyiladi.

0 ‘z navbatida, bu teshik ildizning ichida joylashgan kanal - canalis radicis ga davom etadi. Kanal esa tish tojining ichida hosil bo‘ladigan b o ‘shliq - cavitas dentis bilan tutashadi. Bu bo‘shliq, o‘z navbatida, toj qismi ichidagi bo‘shliq cavitas coronae va tish ildizining kanali - canalis radicis dentis lardan hosil bo‘ladi. Tish ildizi uchidagi teshikdan nerv, qon tomir, limfa tomirlari yo‘naladi. Kanal orqali yo‘nalgan bu hosilalar, tish toji ichida qon tomir - nerv chigali - pulpa dentis ni hosil qiladi. Tish pulpasi, o‘z navbatida, toj qismi ichidagi pulpa coronalis va ildiz ichidagi pulpa radicularis lardan tashkil topadi. Alveolar o ‘simtalaming chuqurcha devorlari va tish ildizi orasidagi birlashtiruvchi moddaga perio-dontium deyiladi. Tishlarning bo‘yin qismi milk bilan qoplanib, milk so‘rg‘ichlari - papilla dentis deyiladi

Tishning qattiq moddasini dentin - dentinum tashkil etadi.

  • Tish toji sohasida bu modda emal - enamelum bilan, tish ildizi sohasida esa sement - cementum bilan qoplangari bo‘ladi. Tishlarning toj qismlari yonma-yon joylashib, tish qatorlarini hosil qiladi. Doimiy tishlar har bir ja g ‘da 16 tadan bo‘lib, yoysimon shaklda terilgan boMadi. Yuqori ja g ‘ tishlarining ravog‘i arcus dentalis maxillaris, pastki ja g 4 tishlarining ravog‘i arcus dentalis mandibularis deyiladi. Tishning og‘iz dahliziga qaragan yuzasini facies vestibularis; dahliz yuzasi kesuv va qoziq tishlar uchun facies labialis - lablarga qaragan yuza, kichik va katta oziq tishlar uchun facies buccalis - lunj yuzasi deyiladi.

Download 254.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling