Turdiyev Bunyodbek
Download 70.31 Kb.
|
Genetika
Monoduragay chatishtirish. 1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a).Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo‘ladi? A) Aa-gulsimon B) aa-oddiy toj C) AA-gulsimon D) Aa-oddiy toj 2. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtirildi.Agar F1 o‘zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin? A) AA, Aa B) AA, Aa, Aa, aa C) AA, 2 ta Aa, aa D) B va C 3. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a).Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtirildi. F1 oddiy tojli xo‘rozlar bilan qayta chatishtirilsa qanday genotipli organizmlar hosil bo’ladi. A) AA, Aa B) AA, Aa, Aa, aa C) AA, 2 ta Aa, aa D) B va C 4. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada urug‘chi va changchi organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo‘ladi. ota-onaning genotipini aniqlang? A) AA x AA B) AA x Aa C) Aa x Aa D) aa x aa 5. Gomozigota g‘o‘zaning hosil shoxi cheklanmagan (A) va cheklangan (a) formalari o‘zaro chatishtirildi. Hosil bo’lgan F2 avlodning genotipini aniqlang. A) AA, Aa B) AA, Aa, Aa, aa C) AA, 2 ta Aa, aa D) B va C 6. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi? Bb x Bb A) 1 ta normal va 1 ta qisqa B) 3 ta normal va 1 ta qisqa C) 3 ta qisqa va 1 ta normal D) 2 ta normal va 2 ta qisqa 7. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi? BB x bb A) faqat normal B) faqat qisqa C) 1 ta normal va 1 ta qisqa D) t.j.y 8. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi? Bb x BB A) faqat normal B) faqat qisqa C) 1 ta normal va 1 ta qisqa D) t.j.y 9. Sebarga o’simligida gulining qizil bo’lishi oq bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. 1-tajribada qizil o’simliklar o’zaro chatishtirilganda 2 xil fenotipik sinf hosil bo’ldi va jami 220 ta o’simlik olindi. 2-tajribada oq va qizil o’simliklar chatishtirilganda 2 xil fenotipik sinf va jami 28 ta o’simlik olindi. 2 kala tajribada olingan genetik sof o’simliklar soni nechta? A) 69 ta B) 138 ta C) 124 ta D) 248 ta 10. Toron o’simligining barg plastinkasi o’yilgan va o’yilmagan o’simliklar o’zaro chatishtirilganda 34ta o’yilgan va 33 ta o’yilmagan o’simliklar olindi. Barg plastinkasi o’yilmagan o’simliklar o’zaro chatishtirilganda 22 ta barg plastinkasi o’yilgan o’simliklar olinganligi ma’lum bo’lsa, 2kala tajribadagi jami barg plastinkasi o’yilmagan o’simliklar soni nechta? A) 99 ta B) 100 ta C) 55 ta D) 77 ta 11. Odamlarda polidaktiliya (ko’p barmoqlilik) normal barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi. Polidaktiliya qiz (otasi normal barmoqli bo’lgan) va Polidaktiliya yigit (otasi va onasi normal barmoqli bo’lmagan) nikohidan normal barmoqli farzand tug’ilish ehtimolini aniqlang? (yigitning opasi normal barmoqli bo’lgan) A) 50 % B) 25 % C) 0 % D) 75 % 12. Odamlarda polidaktiliya (ko’p barmoqlilik) normal barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi. Polidaktiliya qiz (otasi normal barmoqli bo’lgan) va Polidaktiliya yigit (otasi va onasi normal barmoqli bo’lmagan) nikohidan normal barmoqli farzand tug’ilish ehtimolini aniqlang? (yigitning opa-ukalari normal barmoqli bo’lmagan) A) 50 % B) 25 % C) 0 % D) 75 % 13. Liliyada changchilarni uzunligi kaltaligi ustidan to’la dominantlik qila olmaydi. Changchilari o’rtacha bo’lgan o’simliklar o’zaro chatishtirilganida avlodda gomozigotali o’simliklar soni 44 tani tashkil qilgan, shu tajribada olingan o’simliklarning nechtasi ota-ona genotipiga o’xshaydi (a) va o’xshamaydi (b) A) a-44; b-22 B) a-44; b-44 C) a-22; b-44 D) a-44; b-11 14. O’roqsimon animiya chala dominantlik holda irsiylanadi. Gomozigota holda embrionallik davrida nobud bo’ladi. Geterozigota hollarda kasallik yengil kichadi. Kasallik yengil formali bo’lgan ota-onalardan 3 ta sog’lom bola tug’ilgan bo’lsa, jami nechta farzand tug’ilgan? A) 9 ta B) 6 ta C) 12 ta D) 3 ta 15. O’roqsimon animiya chala dominantlik holda irsiylanadi. Gomozigota holda embrionallik davrida nobud bo’ladi. Geterozigota hollarda kasallik yengil kichadi. Kasallik yengil formali bo’lgan ota-onalardan 3 ta sog’lom bola tug’ilgan bo’lsa, ota-onasini genotipiga ega bo’lgan bolalar naslining necha % ni tashkil qiladi? A) 50% B) 25% C) 33,3% D) 66,7% 16. Pashshlarda qanotining qayrilgan holatda bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan qanotli pashshlarda tuxumdan chiqqan avlodining fenotipi va genotipini aniqlang. A)qanotlari qayrilgan va qanotlari qayrilmagan; Aa, aa B) faqat qanotlari qayrilgan; Aa C) faqat qanotlari qayrilmagan; аа D)qanotlari qayrilgan va qanotlari qayrilmagan; AA, Aa, aa 17. Pashshlarda qanotining qayrilgan holatda bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan va qayrilmagan qanotli pashshlarda tuxumdan chiqqan avlodining fenotipi va genotipini aniqlang. A)qanotlari qayrilgan va qanotlari qayrilmagan; Aa, aa B) faqat qanotlari qayrilgan; Aa C) faqat qanotlari qayrilmagan; аа D)qanotlari qayrilgan va qanotlari qayrilmagan; AA, Aa, aa
bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan qanotli pashshlarda tuxumdan 300 ta Avlod chiqqan bo’lsa. Shulardan nechtasini qanotlari qayrilmagan pashshalar tashkil qiladi. A)100 B)75 C)200 D)150
bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan qanotli pashshlarda tuxumdan 300 ta Avlod chiqqan bo’lsa. Shulardan nechtasini qanotlari qayrilgan pashshalar tashkil qiladi. A)200 B)75 C)150 D)100
bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan va qayrilmagan qanotli pashshlardan tuxumdan 300 ta Avlod chiqqan bo’lsa. Shulardan nechtasini qanotlari qayrilmagan pashshalar tashkil qiladi. A)150 B)75 C)200 D)100 21. Pashshlarda qanotining qayrilgan holatda bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan va qayrilmagan qanotli pashshlardan tuxumdan 300 ta Avlod chiqqan bo’lsa. Shulardan nechtasini qanotlari qayrilgan pashshalar tashkil qiladi. A)150 B)75 C)200 D)100 22. Pashshlarda qanotining qayrilgan holatda bo‘lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o‘limga olib keladi. Qayrilgan qanotli pashshlarda tuxumdan 300 ta Avlod chiqqan bo’lsa. Shulardan nechtasini tuxumdan chiqmagan pashshalar tashkil qiladi. A)100 B)75 C)200 D)150
Download 70.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling