Palimerlarning amorf holati
Download 490.37 Kb.
|
Yusupboyeva Malohat.Amorf polimerlar
PALIMERLARNING AMORF HOLATIFan: Palimerlar fizikasi asoslariTalaba: Yusupboyeva MalohatPolimerlar hajmi va shaklini saqlashi bo’yicha agregat holatda, tuzilishining tavsiflariga bog’liq fazaviy holatda, muhitda o’zgarish tezligiga qarab relaksatsion holatda bo’ladi. Ma’lumki moddalar gazsimon, suyuq va qattiq holatlarni namoyon qiladi.
Suyuq fazaviy holat ham atom va molekulalarni joylashishi kristall holatnikiga o’xshash bo’lib, unda kristall panjara shakllanmagan boladi va uni odatda amorf holat deb atashadi. Amorf holatda yaqin tartib saqlanadi, ya‟ni shakllanish elementi molekulani o’lchami darajasida bo’ladi. Ushbu molekula atrofida qo’shni molekulalar qandaydir tartibda joylashadi, ammo undan uzoqroqdagi molekulalar uchun hech qanday tartib kuzatilmaydi. Suyuq fazaviy holatda moddalar, shu jumladan, polimerlar ham suyuqlanish haroratidan yuqori haroratga ega bo’ladi. Qattiq amorf jismlar shishasimon deyiladi va kristall jism kabi qattiq agregat holatga xos, ammo molekulyar harakatchanligi bo’yicha ular jiddiy farqlanmaydi.Suyuq fazaviy holat ham atom va molekulalarni joylashishi kristall holatnikiga o’xshash bo’lib, unda kristall panjara shakllanmagan boladi va uni odatda amorf holat deb atashadi. Amorf holatda yaqin tartib saqlanadi, ya‟ni shakllanish elementi molekulani o’lchami darajasida bo’ladi. Ushbu molekula atrofida qo’shni molekulalar qandaydir tartibda joylashadi, ammo undan uzoqroqdagi molekulalar uchun hech qanday tartib kuzatilmaydi. Suyuq fazaviy holatda moddalar, shu jumladan, polimerlar ham suyuqlanish haroratidan yuqori haroratga ega bo’ladi. Qattiq amorf jismlar shishasimon deyiladi va kristall jism kabi qattiq agregat holatga xos, ammo molekulyar harakatchanligi bo’yicha ular jiddiy farqlanmaydi.Polimerlarning amorf holatini miqdoriy ifodalanishi atomlararo masofalarni W(R) radial taqsimlanish funksiyasi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda W qo„shni atomlarni belgilangan atomdan Rmasofada mavjud bo„lishi nisbiy ehtimolligidir. Kristall (a) va amorf (b) holatdagi polimerlar uchun W(R) taqsimotining ko’rinishiPolimerlarning amorf holatida makromolekulalararo yaqin tartib vujudga kelishi uzunligi 3†10 nm bo’lgan domenlar asosida amalga oshadi. Bunda domenlar parallel joylashgan bo’lishi, kristall tuzilishdagi regulyar zanjirlarni joylashishiga o’xshash. Ammo, domenlar bir biri bilan o’zaro vodorod bog’lari bilan emas, balki polimerning tartiblanmagan o’tuvchi zanjir qismlari bilan uzluksiz bog’langandir. Bundan tashqari kristallanmagan polimer haqiqiy tartibsiz qismlar mavjud bo’lib, bunday qismlarni asosan quyi molekulyar fraksiyalar vujudga keltiradi.
Polimerlarning amorf holatida ham kristall holatidagi kabi elementlar orasida agregatsiyalar vujudga keladi va natijasida domenlar birlashib “ustdomen” tuzilmalar shakllanadi. Demak, polimerni amorf holatida yuqori darajada shakllangan tuzilmasi “superdomenlar” ko’rinishidagi bloklar hisoblanadi
Download 490.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling