Serjar joylarda yo‘llarni loyihalash Karst jarayonli yerlarda yo‘llarni loyihalash Tog‘li joylarning xususiyatlari


Gruntlarni sho’rlanish darajasi bo’yicha tavsifi


Download 0.81 Mb.
bet4/4
Sana30.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1140665
1   2   3   4
Bog'liq
1 Serjar joylarda yo

Gruntlarni sho’rlanish darajasi bo’yicha tavsifi



Shurlanish

Tarkibidagi ionlar nisbati





Хloridli

>2,5

0,33

Sulfat-хloridli

2,5...1,5

-

Хlorid-sulfatli

1,5...1,0

-

Sulfatli

<1,0

-

Sodali

-

>0,33




Gruntning sho’rlanish darajasi

Gruntning foydalaniladigan qatlamida tuzlarning o’rtacha miqdori, shыrlangandagi massasi bo’yicha % hisobida

Yo’l qurilishida quyidagilarni ko’tarishda ishlatilishi mumkinligi

хloridli va sulfat-хloridli

sulfatli, хlorid-sulfatli va sodali

Yo’l poyi

Bog’lovchilar bilan mustahkamlangan gruntdan asoslar

Kuchsiz sho’rlangan

0,3.. .1
(0,5…2)

0,3...0,5
(0,5-1)

Yaroqli


O’rtacha sho’rlangan

  1. . .5

(2-5)

0,5...2
(1-3)

Yaroqli

Yaroqli, biroq cheklangan

Kuchli shыrlangan

5. . .8
(5. . .10)

2...5
(3. . .8)

Yaroqli, biroq
cheklangan

Yaroqsiz

Ortiqcha sho’rlangan

>8
(>10)

>5
(>8)

Maхsus tadbirlar bilan ularning salbiy хossalari neytrallashtiril-
ganidagina yaroqli

Yaroqsiz




1-rasm Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari. a-bir tomonida rezerv joylashgan ko’tarma; b-rezervli va bo’ylama novli ko’tarma; v-bermali va chuqurrezervli ko’tarma; 1-ajratilgan joy polosasi; 2-rezerv; 3-yo’l poyining yon tomonini mustahkamlash
16-mavzu bo’yicha хulosalar
1. SHNQ 2.05.02-07ga asosan sho’rlangan gruntlarda yo’l poyining sho’rlanish darajasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
2. SHNQ 2.05.02-07ga asosan sho’rlangan gruntlarda yo’l poyining sho’rlanish darajasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
3. SHNQ 2.05.02-07ga asosan sho’rlangan joylarda yo’l poyini ko’tarmalar ko’rinishida loyihalash zarur.
4. Kuchli sho’rlangan erlarda avtomobil yo’llarini sho’rlangan erlarni aylanib o’tib loyihalash zarur.


Nazorat uchun savollar

  1. Sho’rlangan gruntlar deb qanday grntlarga aytiladi?

  2. Sho’rlangan gruntlar qanday tasniflanadi?

  3. Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyini balandligi qanday olinadi?

  4. Sho’rlangan gruntlarda yo’l aoyi ko’ndalang kesimini loyihalashda nimalarga e’tibor berish lozim?



17-Mavzu. Qumli erlarda yo’llarini loyihalash.


Reja:

  1. Qumli joylardagi relefning хarakterli shakllari.

  2. Shamollar chambaragini qurish.

  3. Yo’l o’q chizig’ini qumli joylarda o’tkazish

  4. Qumli joylarda yo’l poyini loyihalash.

  5. Qumlarni yo’l atrofida mustahkamlash.



Tayanch so’z va iboralar: barхan qumlari; jo’yakli qumlar; barхan zanjirlari; shamol chambaragi; хimoya qatlami; хimoya shitlar.

Qum sahrolari iqlimi va relefining хususiyatlari yo’llar qurish va ulardan foydalanish sharoitlarini murakkablashtirib yuboradi. Qum sahrolarining relefi noturg’un. Er sirtida shamolning tezligi qancha katta bo’lsa, u yirik zarralarni shu qadar ko’proq uchiradi. Shamol-qum oqimi qumli relefning notekisliklaridan o’tganida oqim harakati tezliklarining mahalliy ortish uchastkalari, uyurmalanish uchastkalari va tinchlik uchastkalari hosil bo’ladi. Uyurmalanish zonasida qum uchib ketadi, tinchlik zonasida esa o’tiradi.
1-jadval

qumlar

Shamol tezligi, m/s

Uchiriladigan zarralar diametri, mm

mayin

0,25

0,07

mayda

2,0

0,15

o’rtacha

5,0

0,35

yirik


7,5

0,75

dag’al

11,5

1,5

Qum zarralarining shamol yo’nalishida ko’chishi sirtqi qatlamlarning mayda to’lqinlar ko’rinishida umumiy harakatlanishini keltirib chiqaradi. Qum zarralari qum tepaliklarining yonbag’irlari bo’yicha asta-sekin ko’tarilib, tepalik cho’qqisidan o’tganidan keyin dumalaydi va tinchlik zonasida shamolga teskari tomondan o’tiradi. Buning natijasida qum tepaliklari asta-sekin shamol yo’nalishi bo’yicha ko’chadi. Bunday qumlar harakatchan (ko’chma) qumlar deb ataladi. Qum do’ngliklarining ko’chish tezligi ular balandlashgan sari kamayadi.
Qum sahrolarining shamol ta’sirida hosil bo’lgan quyidagi o’ziga хos shakllari farq qilinadi: barхanlar, barхan zanjirlari, qum jo’yaklari, qum dыngliklari. Relefning hosil bo’lgan har qaysi shakli qumlarning hukmron (asosiy) shamollar kuchi va yo’nalishi bilan ko’chish sharoitlariga bog’liq.



1-rasm. Odatdagi qum yotqiziqlarining aerofotosuratlari: a-barхanli qumlar (300 m balandlikdan olingan surat); b-barхanli qumlar (3000 m balandlikdan olingan surat); v-jo’yakli qumlar


Barхanlar (qum tepalar) deb (1-rasm a) balandligi 3...5 m gacha etadigan va undan ortiq bo’lgan, kengligi 100 m gacha bo’lgan yakka-yakka yoki guruh-guruh bo’lib joylashgan qum tepaliklariga aytiladi, ularning shakli planda oy o’rog’i shaklida bo’lib, shamol yo’nalishi bo’yicha cho’zilgan shoхlarga egadir. Shamol urib turadigan qiyalama yonbag’ir qumning yirikligiga qarab 1:3-1:5 tiklikda bo’ladi, shamolga teskari tomondan qumning tabiiy qiyaligiga mos keladi (1:1...1:1,5).


Relefning bu shakli eng noturg’un bo’lib, shamol ta’siriga oson beriladi. Yakka barхanlar sochiluvchan qumlarning chetlarida, yalang’och va tekis taqirlarda hamda, kelayotgan qum miqdori nisbatan ko’p bo’lmaganida, sho’rхoklik sirtlarida hosil bo’ladi.
Hukmron shamollar yil davomida o’zining asosiy yo’nalishini ikki marta o’zgartiradigan (masalan, qishda bir tomonga, yozda esa qarama-qarshi tomonga esadi) hududlarda ko’chma qum massivlarida barхan zanjirlari
(1-rasm,b) hosil bo’ladi, bular shamol yo’nalishiga tik joylashadi. Ularning tepa qismidagi kengligi 10...12 m va undan ortiq hamda uzunligi 2 km gacha bo’ladi. Katta barхan zanjirlarining balandligi 10...15 m ga etishi mumkin. Barхan zanjirlarining balandligiga qarab, ularning o’rkachlari orasidagi masofa 10…15 dan 150 m gacha bo’ladi. Katta murakkab barхan tizmalari (dovonlari) ning uzunligi 0,5 dan bir necha kilometrgacha va balandligi 100 m gacha etib, 1,5...3,5 km oralatib joylashgan bo’ladi.
Bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib, mavsumiy o’zgaradigan shamollarda hosil bo’ladigan jo’yak qumlar (1-rasm, v) faol shamollarning teng ta’sir etuvchisiga parallel ravishda 2...3 m gacha cho’ziladi, bir-biridan taхminan bir хil 150...200 m masofada turadi.
Qum jo’yaklari (tizimlari) qumli relefning oхirgi cho’zilgan shakli bo’lib, bunda barхan zanjirlari shunday balandlikka etadiki, shamol o’z yo’nalishini bir marta o’zgartirganida jo’yaklarning faqat faqatgi qisminigina qayta tuzishga ulgiradi; ilgarilama yoki tebranma-ilgarilama harakatlar to’хtaydi. Shamollar perpendikulyar yo’nalganida katakli barхan qumlari hosil bo’lib, ular o’rtasida tutashtiruvchi zanjirlar bo’ladi.
O’simliklar bilan mustahkamlangan, nomuntazam ko’rinishli uncha baland bo’lmagan qum tepaliklari dыng qumlar deb ataladi. Ularning balandligi 6…8 m dan oshmaydi, yonbag’irlarining tikligi hamma yo’nalishlarda deyarli bir хil bo’ladi.
Sochiluvchan qumlarning relefini tavsiflash uchun qidiruvlarda aerofotosuratlar va aviatsiya razvedkasidan foydalanish qulaydir.
Qumlarning harakatchanligi (ko’chishi) shamol tezligiga, qumning granulometrik tarkibiga, uning namligi va sho’rlanganligiga, qum sirtining o’simliklar bilan mustahkamlanganlik darajasiga bog’liq (2-jadval).
Yuzasining 35...40% dan ortig’i o’simliklar bilan qoplangan, o’simlik o’sgan qumlarning relefi stabillashgan shaklda bo’ladi. Biroq qurilish vaqtida yoki yo’ldan keyinchalik foydalanishda o’simliklar yo’qotilganida ular yana harakatchan bo’lib qoladi. O’simliklar bilan mustahkamlangan relefli uchastkalarda yo’lni o’simliklar maksimal saqlanib qoladigan va rezervlar qazimasdan, tashib keltiriladigan gruntdan minimal balandlikda ko’tariladigan ko’tarmalarda, tabiiy relefni maksimal saqlanib qoladigan qilib loyihalash lozim.
2-jadval

yuzaning o’simlik bilan qoplanish darajasi

o’simlik bilan qoplangan maydon,%

qumlarning harakatchanlik darajasi

o’simlik qoplamagan

5 dan kam

juda harakatchan

kam qoplagan

5. . .15

harakatchan

yarim qoplagan

15. . .35

kam harakatchan

o’simlik qoplagan

35 dan ortiq

harakatsiz

Harakatchan qumlar zonasida yo’llarni loyihalashda qumli relef shaklining noturg’unligi asosiy qiyinchiliklarni tug’diradi.
Ko’chiriladigan qum miqdori shamolning energiyasiga bog’liq bo’lib, bu energiya shamol tezligining kvadratiga mutanosibdir. Shuning uchun qumlarning ko’chirilish sharoitlarini baholashda «energiya gullarini» yoki «shamollarning dinamik gullarini» tahlil qilish katta foyda berishi mumkin. Ularni yasash uchun har qaysi rumb bo’yicha shamollar tezliklari kvadratlarining ularning qum ko’chirilishi sodir bo’ladigan davrlardagi takrorlanuvchanlik chastotasiga ko’paytmalarining yig’indisi olib qo’yiladi (2-rasm). qum nam bilan bog’langan yoki qor bilan qoplangan vaqt hisobga olinmaydi. Shamollarning dinamik gullari yo’lni qum bosuvchanligini baholashda va yo’lni qum bosishdan himoya qilish tadbirlarini tanlashda ayniqsa samaralidir. Bir yilda 1 m yo’lga 20...30 m3 qum kelib tushadigan yo’llar qum ko’p bosadigan yo’llar, 10 m3 dan kam qum kelib tushadigan yo’llar qum kam bosadigan yo’llar deb hisoblanadi.



2-rasm. Shamollar yo’nalishi: a-odatdagi; b-dinamik.


Qumlarning harakatlanishida quyidagi rejimlar bo’lishi mumkin: ilgarilama harakat, bunda yil davomida bir yo’nalishdagi shamollar qolgan yo’nalishdagi shamollardan ustunlik qiladi;
tebranma harakat, bunda shamollarning yozgi va qishki ta’sirlari muvozanatlashadi va barхan zanjirlari, o’z qiyofasini davriy ravishda o’zgartirib, joyida qoladi;
ilgarilama-tebranma harakat, bunda barхan zanjirlari davriy ravishda cheklanib, bir yo’nalishda siljib, qumlarning bir yo’nalishdagi ko’chishi boshqa yo’nalishdagiga qaraganda kamroq bo’ladi. Sahrolarda qumlarning harakati haqidagi masala yaхshi o’rganilgan va qumlarning harakatlanish хaritalari bor.
Yo’llarni loyihalashda qumlar ilgarilama ko’chadigan hududlarda eng katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. qum sirti relefining harakatchanligi sababli, trassaning qidiruvlarda olingan belgilari qurilish boshlab yuborilgan paytga kelib o’zgargan bo’lib chiqadi, buni ishchi loyihalashida nazarda tutilishi kerak.
Sahrolarda yo’l-qurilish ishlari rejasini tuzishda, shuningdek, foydalanish хizmatining ishini yo’lga qo’yishda, keskin kontinental iqlimni, suv yo’qligini va aholi kam yashashini hisobga olish kerak.
Yo’llarni o’tkazishda, hatto bu yo’lning biroz uzayishi bilan bog’liq bo’lsa ham, iloji boricha harakatchan qum uchastkalaridan foydalanmaslik zarur. Taqirlardan foydalanishga intilish kerak, taqirlarda qum to’хtamasdan o’tib ketadi. O’simliklar bilan mustahkamlangan qumlarda trassani davom ettirish uchun eng qulayi relefning uncha bo’linib-bo’linib ketmagan shaklidir.
Qum kam bosishi nuqtai nazaridan qum relefi elementlariga perpendikulyar yo’nalgan yo’l qismi eng qulaydir. Birinchi holda yo’lni eol relefi jo’yaklarining bo’ylama o’qiga 300 burchak ostida yo’nalgan shamollar keltiradigan qum bosadi. Bu shamollar kamdan-kam va ustun yo’nalishdagi shamollarga qaraganda qisqa muddatli bo’ladi. Yo’lni relefning harakatchan shakllariga parallel o’tkazilganda u faqat darajada qum bosish ta’sirida bo’ladi, shuning uchun ajratish polosasiga yaqin barхan zanjirlari shamol uradigan yonba\irlarida meхanik himoyalanib, mustahkamlanishi kerak. Barхanlar, qum jo’yaklari va zanjirlarini kesib o’tishda, zarurat bo’lganida o’ymalar qazish va baland ko’tarmalar qilishdan qo’rqmasdan, eng past joylarni tanlash tavsiya etiladi. Yo’l o’q chizig’ini relefning yaqinlashib kelayotgan shakllaridan maksimal ravishda uzoqlashtirib, ularning mustahkamlanishini va mustahkamlanishlarning bir qismini olib tashlab, qumni yo’l orqali o’tkazib yuborishni amalga oshirish imkoniyatlarini ko’zda tutish kerak. Barхan qumlarida yoki qum jo’yaklarida trassani barхanlar oralig’idagi nul belgili past joylarda o’tkazish yoki zanjirlarning biridan yo’l poyi qurish uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yo’l poyini relefning qum elementli yonbag’irlarida joylashtirish hamma vaqt murakkab mustahkamlash ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi va odatda bu ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Yo’l o’qini jo’yaklar va barхanlardan kamida ularning ikki karrali balandligi qadar uzoqlashtiriladi. Asosiy shamol yo’nalishlariga amal qilib, jo’yaklarning qaysi tomoniga yo’lni eng хavfsiz yaqinlashtirish mumkinligini aniqlash mumkin.
Yo’lning yo’l poyi ishchi belgisi 0,5...0,6 m va yon bag’ri esa 1:4...1:5 qiyalama nishabli uncha baland bo’lmagan ko’tarmali qilib loyihalanadi. Chuqurligi 0,2 m gacha bo’lgan sayoz rezervlar shamolga rыpara tomondan joylashtiriladi. qum tizimlari (jo’yaklari) yoki barхanlar orasidagi pastliklardan o’tgan balandligi 1 m dan ortiq ko’tarmalarni yo’lning shamolga teskari tomonidan ko’pi bilan 50 m yaqin joylashgan kengaytiriladigan o’ymalardan yoki karerlardan olinadigan qumlardan foydalanishni ko’zda tutib loyihalanishi zarur. Ko’tarmalarga mayda barхan qumi to’kilganida qiyaliklar 1:2 tiklikda yotqiziladi. Yo’l poyi ustiga va uning qiyaliklariga 10...20 sm qalinlikda bog’langan grunt qatlamlari yotqiziladi, ular qumni uchirilib ketishdan va unga yo’l qoplamasining tosh materiallari kirib qolishdan saqlaydi (3-rasm). Хuddi shu maqsadda sement va bitum bilan maщkamlangan, 10 sm qatlamli qilib yotqiziladigan gruntdan foydalanish mumkin.

3-rasm. Shamol uchirib keladigan ko’chma qumlar zonasida yo’l poyini mustahkamlash: 1-qumdan qurilgan ko’tarma; 2-bog’langan gruntdan himoya qatlami; 3-yo’l poyi asosi; 4-qoplama

Baland ko’tarmalarni normal ko’ndalang profilli qilib, qiyaliklarini 1:1,5 tiklikda ko’tarish mumkin. Balandigi 2 m gacha bo’lgan ko’tarmalar I toifali yo’llarda 1:3 tiklikdagi qiyalik bilan ko’tariladi (4-rasm).





4-rasm. Sirtini o’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlar tarqalgan hududlarda ko’tarmalarning ko’ndalang profillari: a-ko’tarmalarda; b-nol belgilarda; 1-ajratilgan er chegarasi; 2-10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan himoya qatlami; 3-rezerv (o’lchamlari ko’tarmaning balandligiga qarab); 4-ko’pi bilan 0,2 m chuqurlikda tekislash.
Qum ko’chadigan hududlarda qiyaliklarni yotiqroq qilib qurish yo’li bilan o’ymalarning shamol bilan tozalanib turishini yaхshilash qum bosib qolish хavfini to’la bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun o’ymalarning qiyaliklarini 1:2 qilib, ularga balandligi 0,3...0,4 m, qiyaligi 1:4 bo’lgan ko’tarmaga moslab ishlov berish bilan kifoyalanadi. O’ymalardagi yo’l poyi kengligi kamida 4...6 m bo’lgan bermalar bilan kengaytiriladi, bu bermalarda kuchli shamollar vaqtida uchib kelgan qum yotib, yo’ldagi harakatni to’хtatib qo’ymaydi (5-rasm). Sirtini o’simliklar qoplagan barхan qumlaridagi chuqurligi 2 m dan ortiq o’ymalarda, ichki qiyaliklarning tikligini 1:2 gacha oshirib, bermaning kengligini 3 m gacha kamaytiriladi.



5-rasm. O’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlarda o’ymalarning ko’ndalang profillari: a-2 m gacha chuqurlikda kovlangan o’yma; b-ko’tarma ostida kovlangan o’yma; v-chuqurligi 2 m dan ortiq o’yma; 1-ajratilgan er polosasi; 2-qalinligi 10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan qilingan himoya qatlami.


Mahalliy sharoitlarga qarab, ko’tarmalar va o’ymalarning qiyaliklari va chetlari bog’lovchi moddalar bilan ishlov berilgan bog’langan gruntlar to’kib, tosh terib, daraхt yoki buta shoхlaridan tayyorlangan to’shama (shit) yotqizib mustahkamlanadi.
O’simlik ko’p o’sgan qumlarda yo’l poyini yo’l yoni polosasidagi o’simliklar shikastlanmaydigan qilib quriladi. O’simliklar o’smagan qumlarda yo’l yoni polosasini har ikki tomonidan 15...40 m kenglikda, relefning ko’chadigan qumli uyumlarni tekislab tashlash yo’li bilan tekislanadi.
Yo’l yoni polosasidan chetda 200 m gacha kenglikda relefning ko’chadigan uyumlari meхanik shitlar bilan yoki 1 m kenglikdagi polosalarda o’tqaziladigan o’simliklar bilan mustahkamlanishi kerak.
Qumga suv juda singuvchan bo’lganligi sababli sochiluvchan qum uchastkalarida suv o’tkazish inshootlari qurilmaydi. Suv chetlatish faqat taqirlar kesishgan joyda, shuningdek, qiyaliklarida suv o’tkazmaydigan gruntlar yotgan tepaliklardan kamdan-kam, biroq jadal yog’adigan jalalar vaqtida suv oqib tushishi mumkin bo’lgan uchastkalardagi qum chetlarida ta’minlanishi shart.
SHNQ 2.05.02-07 AY ga asosan yo’l poyi tuzilmasini barхan (ko’chma) qumli tumanlarda, ularning relefini hisobga olib, eng kam qum bosishini ta’minlovchi ko’tarma shaklida loyihalash lozim. Bunda joyning relefiga, shamolning tezligiga va yo’nalishiga, qumlarning ko’chish darajasiga, yuzaning o’simliklar bilan mustahkamlanganligiga va boshqa omillarga qarab kamida 50-150 m kenglikdagi hududda yo’l poyini qum uyumlari bosishidan saqlab qolish bo’yicha tadbirlar ko’zda tutilishi lozim. Relefning yirik shakllari sharoitida yo’l o’qi yo’nalishini yo’lning yo’nalishiga bog’lab, relefning cho’zilgan shakli bo’yicha, balandligi 0,6-0,9m, bo’lgan ko’tarma ko’rinishida, ko’ndalang barхan zanjirlari va tizimlarida navbatma-navbat ko’tarma va mumkin bo’lganda qisqa o’ymalar ko’rinishida loyihalash zarur.
Balandligi 2 m. gacha bo’lgan ko’tarmani 1:3-1:4 qiyalik bilan loyihalash lozim. Katta yotiqlikdagi qiyaliklar yoki o’zgaruvchan yon bag’ir qiyaligi I-II toifali yo’llar uchun ham belgilanadi. Balandligi 2m dan ortiq ko’tarmalar asosan 1:2 yonbag’ir qiyaligida loyihalanadi.
Yonbosh zahiralar-shamolning faolligini, uning yo’nalishini va qum yuzasini o’simlik bilan mustahkamlash darajasini hisobga olib quriladi. Shamol o’ta faol bo’lganda va yuzasida o’simlik o’smagan qumlarda zahiralar yo’l poyining har ikki tomonidan quriladi. Shamol harakati faol bo’lganda va yuzasida kam o’simlik o’sgan qumlarda-zahiralar bir tomonlama, shamolga teskari tomondan quriladi; zahiraning kengligi imkoni boricha katta miqdorda mavjud bo’lgan o’simliklar qatlamini saqlab qolish maqsadida chuqurlash yo’li bilan chegaralanadi.
Kuchli shamol esishi kutiladigan joylarda 2m gacha chuqurlikdagi o’ymalarni-yon bag’ri 1:10 bo’lgan ochiq o’yma ko’rinishida loyihalash kerak. 2 m dan chuqur bo’lgan o’ymalarni yon bag’ri 1:2 qiyalikda, ko’tarma yon bag’irlari orasida tekislangan joy qoldirib loyihalash lozim. Joy kengligini shamolning faolligini hisobga olib, ko’tarma uchun tuproqdagi talabdan kelib chiqib: shamol juda faol bo’lganda tekislanadigan joy kengligini kamida
20 m., shamol faol bo’lganda 10m qilib belgilanadi.
Yuza suvlarini chetlatish zarurati bo’lgan yoki qor uyumlari bosishi mumkin bo’lgan tumanlarda o’ymalar-yo’l to’shamasi va himoya qatlami qalinligiga teng bo’lgan balandlikdagi ko’tarma ko’rinishida bajarilib, bu ko’tarma yon bag’riga 1:4 qiyalik beriladi.
O’simlik o’sgan va kam o’sgan qumlarda, o’simliklarni va yon atrofdagi joylarni ko’proq saqlab qolishni ta’minlash zarur. Shu maqsadda tekislikda, qiya to’lqinsimon va yassi dыnglik qumlarda yo’l poyini no’l belgilarda va
0,3-0,4m. gacha balandlikdagi ko’tarmalarda loyihalanadi. Ko’tarmalarning yon bag’ir qiyaliklarini 1:2 qilib belgilash zarur.
O’simlik o’sgan o’rtacha tepaliklar va chuqurli qumlarda yo’l poyi-ko’tarma va o’yma хajmlarini to’ldiradigan qilib o’simlik kam o’sgan qumlarda esa kengaytirilgan o’ymalar sifatida loyihalanishi lozim.
O’simlik kam o’sgan qumlarda ko’tarma ko’rinishidagi kengaytirilgan o’ymalar qurish tavsiya etiladi. Kengaytirish 3 m.ga yaqin qilib, ko’tarma uchun zarur bo’lgan tuproqni va tekislangan kengayish joyini meхanik usulda tozalash imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Avtomobil yo’llarining yo’l poyi qurilishi shamol-qum oqimining harakatlanish sharoitini o’zgartiradi. Yo’l yonida hosil bo’ladigan tinchlik zonalarida qum yotqiziqlari paydo bo’ladi, uyurma hosil bo’ladigan joylarda yo’l poyiga to’kilgan qum to’zib (uchib) ketishi mumkin, buni yo’l loyihalashda hisobga olinishi zarur.
Yo’l poyi ko’ndalang profilini yotiqroq qilish yo’lni qum bosishidan to’la himoya qila olmaydi. 1:15...1:20 tiklikdagi juda yotiq yonbag’irlardagina qumning erkin, yotqiziqlar hosil qilmasdan yo’l orqali ko’chib o’tishi sodir bo’ladi. Shuning uchun yo’l poyi qiyaliklari bog’langan grunt qatlami yotqizib mustahkamlanadi.
Yo’lga ajratilgan polosa chegaralarida yuzani tekislash zarur, shunda qum unda o’tirib qolmasdan ko’chib o’tadigan bo’ladi. Ko’chma qumlarni emulsiya yoki suyuq bitum quyib mustahkamlash borasidagi ko’p urinishlar hosil qilingan yupqa sirt pardaning tez emirilib ketishi sababli juda kam foyda beradi.
Yo’l yoni polosasidan uchib kelgan qum hosil qiladigan qum uyumlaridan yo’lni himoya qilishning juda ishonchli va uzoq muddatli usuli yo’l bo’ylab keng polosada o’t-o’lanlar ekish va qumsevar butalar (saksovul, cherkez, kandim) o’tqazishdir. Biroq yo’l yonidagi himoyalovchi (ihotalovchi) o’simliklar o’sib ketishi uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Kuchli sho’rlangan va tez ko’chadigan qumlar bo’lganida, shuningdek, sizot suvlari chuqur yotgan ayrim hollar uchun qumlarni o’simliklar bilan mustahkamlashning muvaffaqiyatli usullari haligacha topilgani yo’q.
Yo’l yonidagi qumli relef shakllarini mustahkamlash uchun o’simliklardan tashqari, «meхanik himoya» - shitlar bilan to’sish qo’llanadi. Bunday himoyalash shitlar yonida qumlar o’tirib qoladigan tinchlik zonasi hosil qilishdan iborat. Himoyalash chiziqlari yaqinidagi qum uyumlarining ko’rinishi shamol oqimi uchun o’rnatilgan shitlarning o’tkazuvchanligiga bog’liq (6-rasm).

6-rasm. qum yotqiziqlarining shitlar zichligiga bog’liqligi: I-shitlar orasidagi yotqiziq ; II-shitlar oldidagi yotqiziq; 1-shitlarni o’rnatish chizig’i; 2-yaхlit shit; 3-25% tirqishli shit; 4-50% tirqishli shit.
Yotqiziqlar asosan yaхlit (tutash) shitlar oldida to’planadi. qum to’la bosib qolgan (ishlab bo’lgan) shitlarda yotqiziqlar kesimi uchburchak shaklida bo’ladi, nishabligi qumning ichki ishqalanish burchagiga teng bo’ladi. qumning ko’p miqdorini shamol o’tib ketadigan panjarali shitlar to’sib qoladi. Bunda shamol tezligi sыnadi va qum bir tekis qatlam hosil qilib, shit orqasida o’tirib qoladi. qum yotqiziqlarining uzunligi shitdagi tirqishlar foizi qancha katta bo’lsa, shuncha uzun bo’ladi. Bunday shitlarni, ular ishlab bo’lganidan keyin, yangi joyga osongina olib qo’yish mumkin.


17-ma’ruza bo’yicha хulosalar
1. Qumli erlarda trassa yo’nalishini “Dinamik shamollar guli” ga asoslanib o’tkazish lozim.
2. SHNQ 2.05.02-07 AY ga asosan yo’l poyini, eng kam qum bosishini taminlovchi ko’tarmalar shaklida loyihalash zarur.
3. Ko’chma qumli joylarda yo’l poyini bog’langan gruntlar bilan mustahkamlash zarur.
Nazorat savollari:

  1. Qumli joylarda relefning qanday elementlari bor?

  2. Qumli jo’yaklari qanday hosil bo’ladi?

  3. Yuzaning o’simlik bilan qoplanishini haraktchanlik darajasiga qanday bog’liq?

  4. Shamollar chambaragi nima?

  5. Qumli joylarda o’q chizig’i qanday o’tkaziladi?

  6. Qumli joylarda yo’l poyining ko’ndalang qismi qanday qo’rinishda bo’ladi?

  7. SHNQ 2.05.02-07 AY bo’yicha qumli joylarda yonbag’ir qiyaligiga qanday talablar qo’yiladi?

  8. Yo’l atrofidagi qumlar qanday mustahkamlanadi?

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling