1-Amaliy ish. Bitta tik stvol orqali yo`naltirish-bog`lash uchburchagining parametrlarini hisoblash. Ishdan maqsad


Download 0.55 Mb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1039473
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy ish


1-Amaliy ish.
Bitta tik stvol orqali yo`naltirish-bog`lash uchburchagining parametrlarini hisoblash.


Ishdan maqsad: Talabalarga yer osti teodolit yo`llarini yer yuzidagi teodolit yo`llari punktlariga bog`lash ishlarining usullari bilan tanishtirish va natijalarni hisoblash hamda planlarni tuzish ishlarini o`rgatish.

Yer yuzasi bilan yer osti inshootlarini geometrik bog`lashda yo`naltirish-bog`lash ishlari bajariladi. Yo`natirish-bog`lash tasviri natijasida quyidagilar aniqlanadi: а) yer osti tayanch tizimi bosh nuqtasining Х,У koordinatalari;


b) boshlang`ich tomonning direksion burchagi.
Bosh nuqta koordinatalarini aniqlash yo`naltirish deyiladi. Yo`naltirishning fizik va geometrik usullari mavjud.
Fizik yo`naltirishga giroskopik va magnit yo`naltirishlar kiradi.
Geometrik yo`naltirishga esa konning ochilishiga qarab: gorizontal yoki qiya kon lahimlari orqali; bitta tik stvol orqali; ikkita tik stvol orqali va undan ortiq stvol orqali yo`naltirishlar kiradi.
Bitta tik stvol orqali yo`naltirishda quyidagi ishlar bajariladi: 1) Yer yuzasidan ikkita nuqtani shaxtaga loyihalash. 2) Loyihalangan nuqtalarni yer yuzida va shaxtada tizimga bog`lash. 3) Hisoblash ishlari.
Nuqtalarni loyihalash ikkita otves (shovun)ning vertikal holatiga muvoffiq ularning X,Y koordinatalari va direksion burchagi yer yuzida va shaxtada bir biriga mos keladi. Shuning bilan A,B nuqta va AB yo`nalish yer yuzidan shaxtaga loyihalanadi.


Topshiriq: Teodolit yo`li punkti loyihaviy (x, y) koordinatalarini shaxtaga ko`chirish, yer osti teodolit yo`lining bitta loyihaviy tomonining direksion burchagini hisoblash.
Yo`naltirish-bog`lash uchburchagining , , ,  burchaklarini hisoblash. CD tomonning direksion burchagini hisoblash. C va D nuqtalar koordinatalarini hisoblash.
Shaxta stvolidan ikkita otves 1 va 2 tushuriladi, ular qimirlamaydigan holatda bo`lishi uchun mos ravishda yuk osiladi. Yer yuzasida va yo`naltirilayotgan gorizontda otveslarga yaqin bo`lgan C va C nuqtalar shunday tanlanadiki, va  burchaklar 20 – 30 dan oshmasligi kerak. Yer yuzasida CAB va yo`naltirilayotgan gorizontda CAB uchburchaklar planda AB (AB) umumiy tomonli bog`lovchi uchburchak shaklida nomoyon bo`ladi. Bundan tashqari C nuqtadan ma`lum bir masofada D nuqta mahkamlanadi. Yer yuzasida tayanch tarmog`i punktiga tayangan D nuqta koordinatalari va DC tomon yo`nalishi direksion burchagi aniqlanadi.
Yer yuzasida va yo`naltirilayotgan gorizontda d, a, b, c, c, b, a va d tomonlar ruletka bilan (5 martadan kam bo`lmagan tarzda) o`lchanadi va ular o`rtachasi olinadi. Keyin C va C dan turib teodolit bilan , , ,  burchaklar uch marta qayta o`lchandi. Yo`naltirish uchburchagi o`lchangan tomonlarining to`g`riligini tekshirish, otveslar orasidagi masofa c = AB ning bevosita o`lchash va hisoblash natijasida olingan qiymati yordamida quyidagi formula bo`yicha amalga oshiriladi.

Ular orasidagi farq yer yuzasida 3 mm dan, shaxtada 5 mm dan oshmasligi kerak.
ABC va ABC uchburchaklarning , ,  va  ichki burchaklari sinuslar teoremasidan foydalanib hisoblanadi.
Yo`naltirilayotgan gorizontdagi yo`nalish (CD), ya`ni CD tomon direksion burchagi, yer yuzasidagi yo`nalish (DC) ning, ya`ni DC tomonning aniqlangan direksion burchagi, o`lchangan va hisoblangan burchaklar yordamida 1.1-rasmda strelka bilan ko`rsatilgan DCBCD yo`nalish bo`yicha quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:

Bu holatda C nuqta koordinatalari quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:




1.1-rasm. Bitta tik stvol orqali yo`naltirish-bog`lash tasviri sxemasi.
a) vertikal qirqimda; b) planda

Bajarilgan bu hisoblashlar tekshirish uchun boshqa ikkkinchi yo`l DCBCD bo`yicha o`tkaziladi. Umumiy tekshirish uchun yo`naltirish tasviri ishlari mustaqil ravishda ikki marta bajarilishi kerak.


Misol. CD tomon direksion burchagini va C va D nuqtalar koordinatalarini aniqlashni bir – biridan farqli yo`nalishdagi 1 – yo`l; DC – CA(A) – A(A)B(B) – BC – CD; 2 – yo`l: DC – CB(B) – B(B)A(A) – AC - CD ikki yo`l bo`yicha o`tkazamiz.
O`lchash natijalariga asosan quyidagilarga egamiz:
yer yuzida:
DC = 8,260 m; c = 4,078 m;
a = 6,136 m;  = 23650;
b = 10,198 m; = 1755010.
shaxtada:
CD = 15,662 m; c = 4,078 m;
a = 5,737 m;  = 22757;
b = 9,802 m;  = 1780642.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling