2.2-misol. Detalga ko’rsatilganidek ishlov berish uchun uni eskizda o’rnatish bazalarini tanlang va belgilang (1-jadval, 2-rasm).
1-jadval
Variant raqami
|
Ishlov berish turi
|
Rasm raqami
|
1
|
Valda shponka ariqchasini frezalash
|
2-rasm, a
|
2
|
Valda tekis taqsimlangan uchta shponka ariqchasini frezalash (bo’lish kallagi ishlatiladi)
|
2-rasm, b
|
3
|
Ko’ndalang (radial) teshikni parmalash
|
2-rasm, v
|
4
|
Tokarlik-vintqirqish dastgohida valni yo’nish
|
-
|
5
|
Bo’lish moslamasidan foydalangan holda tekis taqsimlangan to’rtta teshikni parmalash
|
2-rasm, g
|
6
|
Porshen yubkasidagi belbog’ni yo’nib kengaytirish va toresni yo’nish (porshen zagotovkasi kokilli usulda olingan - aniq)
|
2-rasm, d
|
7
|
Tokarlik dastgohida gidrokopirli supportni qo’llab pog’onali valni yo’nish
|
-
|
8
|
Porshen yubkasidagi belbog’ni yo’nib kengaytirish va toresni yo’nish (porshen zagotovkasi yerga quyish bilan olingan - noaniq)
|
2-rasm, d
|
9
|
Yassi detalda teshikni parmalash
|
2-rasm, e
|
10
|
Ichki jilvirlash dastgohida vtulka teshigini jilvirlash
|
-
|
2-rasm. 1-jadvalga muvofiq ishlov berish usullari
2.3-misol. Kuch qo’yilgan sirti diametri 70 mm bo’lgan, qobiqli qolipga quyish bilan olingan yakka zagotovkani 3-mushtchali o’zi markazlovchi tokarlik patronida o’rnatish xatoligini aniqlang.
Yechilishi. Aylanish sirtlariga ishlov berishda radial siljish mavjud bo’ladi va uning miqdori 150 mkmni tashkil qiladi (2-jadval). Yassi tores sirtlariga ishlov berishda esa o’qiy siljish mavjud bo’ladi va bu holda uning miqdori 80 mkmdan iborat.
2.4-misol. Siqish kuchini qabul qiluvchi sirt sifati va uning o’lchami berilgan bo’lsa, ko’rsatilgan turdagi yakka zagotovkani 3-mushtchali o’zi markazlovchi patronda o’rnatish xatoligini aniqlang (3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |