1-Amaliy ish. Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish. Ishning maqsadi
Download 326.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy ish(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallarning rangi va chizig`ining rangi
Solishtirma og`irlik minerallarni aniqlashda ahamiyati katta. Solishtirma og`irlik
minerallarda sezilarli ravishda o`zgaruvchan bo`lib, 0,5 dan 21 gacha bo`ladi. Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan tog` jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og`irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog`liq. Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og`irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog`lanish turi ta`sir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhining har xil polimorf modifikatsiyada o`zaro joylashishiga bog`liq. Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko`ra solishtirma og`irligi har xil bo`ladi. Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) - metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o`xshash -barit, kuprit, gematit, ilmenit; shishadek (Sh) - tiniq minerallar-sludalar, gips, kalsit; sadafdek (S) - sludalar, talk; ipakdek (I) - ingichka tolalardan tuzilgan minerallar - gips tolalari, asbest; yog`dek (Yo) - mineral yuzasi yog` surilgandek yaltiraydi - nefelin; olmosdek (O) - juda o`tkir yaltiroqlik - olmos, kinovar; mumdek (Mum) - hech qanday yaltiroqlik sezilmaydi - feruza. 1 –Тalk 2 –Gips 3 - Kaltsit 4 - Fluorit 5 - Аpetit 6 - Оrtoklaz 7 –Кvarts 8 - Тopaz 9 - Кorund 10 - Olmos Minerallarning rangi va chizig`ining rangi - bir qator hollarda muhim diagnostik belgi bo`lib xizmat qiladi. Tabiatda minerallar juda xilma-xil rangda uchraydi. Ular oq, shaffof, pushti, qizil, qora va h.k. rangda bo`lishi mumkin. Ularning rangi turmushda yaxshi tanish bo`lgan narsalar rangiga qiyoslab aniqlanadi. Chunonchi, sutdek oq, somondek sariq va h.k. Ayrim minerallarga ularning rangiga qarab nom berilgan. Masalan, lazurit va azurit havo rangli, xlorit yashil rangli (grek. "xloros"-yashil), rodonit - pushti (grek. "rodon"-pushti), rubin - qizil (lot. "rubens"-qizil), auripigment - oltin rangli (lot. "aurum"-oltin, "pigment"-bo`yoq). Minerallar rangi uch xil o`ziga xos omillar bilan belgilanadi: a) idioxromatik (grek. "idios"-o`zining, shaxsiy) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog`liq. Bunday xromoforlarga titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt, siyrak elementlar va boshqalar kiradi. Masalan, ikki yoki uch valentli marganes minerallarga pushti rang bersa, yetti valentli marganec to`q siyohrang beradi; b) ko`pgina minerallar rangi boshqa kimyoviy elementlarning aralashishiga bog`liq bo`lgan alloxromatik (grek. "allos"-chet, begona) xususiyatga ega. Masalan, kvars tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qora ranggacha bo`ladi; с) va nihoyat, ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o`zgarib turadi. Bunday rang p s y e v d o x r o m a t i k (grek. "psevdo"-yolg`on, qalbaki) rang deyiladi. Masalan, labrador aslida qora rangli bo`lsa-da, yuzasiga nur tushganda har xil ranglarda tovlanish (krizatsiya) xususiyatiga ega. Ba`zi minerallarni aniqlashda uning chinnida qodirilgan chizig`ining rangidan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling