1-Amaliy ish. Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish. Ishning maqsadi


Download 326.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi326.17 Kb.
#1206925
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy ish(2)



1-Amaliy ish. 
Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish.
Ishning maqsadi: Minerallar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tog’ jinslarini hosil 
qiluvchi asosiy minerallar va ularning fizik xususiyatlari,kimioviy tarkibi bilan minerallarni 
tuzilishi formulalari orqali tanishish. 
Mineral deb bir yoki bir nechta kimyoviy elementlarni turli xil fizikaviy va kimyoviy 
jarayonlar natijasida (Yer qobig’ida) birikishiga aytiladi. 
Minerallarni ко'zdan kechirganda ulaming rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, yaxlitligiga 
e'tibor berib ta'riflash kerak. Minerallarlaming rangi ulaming kimyoviy tarkibi va qotishmalar 
borligi bilan belgilanishini yodda tutish zarur. 
Tabiatda ko'p uchraydigan minerallar jins hosil qiluvchi asosiy minerallar deb ataladi. 
Tog' jinsi esa bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan bo'lib, o'ziga xos xususiyatga ega 
bo'ladi.Mineral esa bir yoki bir necha kimyoviy elementlardan tashkil topgan bo'lib, ma'lum bir 
fizikaviy, kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo'ladi.Hozirgi vaqtda uch mingdan ortiq turdagi 
minerallar ma'lum, lekin bularning faqat 100 ga yaqini, aniqrog'i 20-30 tasi tog' jinsi hosil 
qiluvchi hisoblanadi. 
Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan.Aksariyat 
qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar yerning ustki qismi - litosferaning 
asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; 
slyudalar - 3; gil minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; 
xloritlar va ftoritlar - 0,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni 
tashkil etadi. 
Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi 
bo`yicha yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga 
qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega.
Tabiatda suyuq kalloid, gazsimon holdagi minerallar ham mavjud.Suyuq mineral 
geometrik shaklga ega emas.Simob, neft, suv shular jumlasiga kiradi. Kalloid (grekcha 
yelimsimon degani) minerallar murakkab dispers sistemalar hosil qiladi va ma'lum moddaning 
juda mayda (10-4 dan 10-6 mm) zarrachalaridan tashkil topgan bo'ladi. Kalloidlar zollarga va 
gellarga bo'linadi. Zollar-dispers muhiti dispers fazaga qaraganda ko’proq bo'lgan kalloid 
eritmadir (ular sekin-asta kristallanib qotishi mumkin).Masalan Opal minerali-qumtuproq geli 
shunday yo’l bilan hosil bo'ladi. Koaliniy, montmorilloniy va boshqa kalloid minerallar ko'p 
tarqalgan. Gellarda dispers faza juda ko'p, ular yondoshib, shishasimon massa hosil qiladi. 
Ularga qurum, gillar, limoniy va boshqalar misol bo'ladi. 
Gazsimon minerallarda zarrachalar orasidagi bog'lanish juda kuchsiz bo'lib, ular issiqlik 
va tovushni yaxshi o'tkazmaydi. Bularga karbonat angidrid, sulfit angidrid, metan, propan, butan 
va boshqa minerallar misol bo'la oladi. 
Yer qobig'ida eng ko'p tarqalgan minerallarga silikatlar (dala shpati, slyuda, amfibol, gil 
minerallari va boshqalar); oksidlar (kvars, limonit va boshqalar); karbonatlar (kaltsit, dolomit va 
boshqalar); sulfatlar (gips, angidrit va boshqalar) hamda ko'pgina boshqa minerallar mansubdir. 
Misol tariqasida kimyoviy tarkibiga ko’rra murakkab va muhim jins hosil qiluvchi 
minerallar sifatida dala shpatlari oilasiga kiruvchi minerallardan ayrimlari bilan tanishamiz. 
Plagioklazlar-anortit (Ca[Аl
2
Si
2
О
3
]) va albit (Na[AlSi
2
O
8
]) minerallarining izomorf 
aralashmasidan iborat. Anortitni (An), albitni (Ab) ko'rinishda belgilasak, plagioklazlar tarkibini 
An20 Ab80 tarzida yozish mumkin. Bu plagioklaz tarkibida 20% anortit va 80% albit borligini 
bildiradi. Plagioklazlar kislota yoki asos xususiyatli bo'lishi mumkin.Bu anortitning miqdoriga 
qarab aniqlanadi. Agar anortitning miqdori 10-30% bo'lsa, plagioklazlar kislota xususiyatli, 30-
50% bo'lsa-o'rtacha, 50% dan ko'p bo'lsa, asos xususiyatli hisoblanadi.Ortoklaz K[AlSi
2
0
8
] o'z 
tarkibiga ko'ra kislota xususiyatli dala shpati hisoblanadi. 
Minerallarning xususiyatlarini ularning kimyoviy tarkibi bilan bog'lamay va kristall 
tuzilishlarini sinchiklab o'rganmay turib tushunish mumkin emas. Lekin minerallarning eng 
muhim fizik xossalari, murakkab asboblar va ko'p mehnat talab qiluvchi usullarni qo'llamasdan 


asosiy tog' jinsi hosil qiluvchi minerallarni muhim xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyat kasb 
etadi. 
Barcha minerallarni asosan: nodir, aksessor, kam tarqalgan va jins hosil qiluvchi 
minerallarga bo’linadi. 
Foydali minerallar-jinslari asosini tashkil etadi. Shuning uchun talabalar ularning fizik 
xususiyatlari,kimioviy tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan tanishishi kerak. 
Minerallarning tashqi ko`rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Har 
birining o`ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig`ining rangi, og`irligi, 
sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir.

Download 326.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling