1-Amaliy ish. Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish. Ishning maqsadi
Download 326.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy ish(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulanish yuzasi
- Minerallarning sinishi
- Magnitlik xususiyati
Mineral chizig`ining rangi - kukun holidagi mineral rangidir, shunday kukunni
tekshirilayotgan mineral bilan biskvit deb ataladigan xira (sirlanmagan) chinni taxtachaga chizib osonlikcha aniqlash mumkin. Ayrim hollarda mineral chizig`ining rangi mineral rangi bilan bir xil bo`ladi. Masalan, azurit chizig`ining rangi-ko`k, auripigmentniki sariq. Ayrim minerallar chizig`ining rangi esa, aksincha mineral rangdan farq qiladi.Masalan, piritning rangi - somondek sariq, chizig`ining rangi esa qora. Temir rudalarini behato aniqlashda mineral chizig`ining rangi katta yordam beradi.Ko`rinishi bir xil bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, gematit va magnetitni olsa, temir rudasi chizig`ining rangi sariq-qo`ng`ir, gematitniki qizil, magnetitniki qora bo`ladi. Ulanish yuzasi - bu minerallarning zarb ta`siridan ma`lum bir kristallografik yo`nalishi bo`yicha tekis yuza hosil qilib ajralishi xususiyatidir. Ulanish yuzasi o`ta mukammal (sludalar), mukammal (dala shpatlari, kalsit, piroksen va amfibollar), ulanish yuzasi nomukammal, ya`ni u juda xilma-xil yo`nalishlarda sinadi (apatit, olivin, berill). Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest). Magnitlik xususiyati - mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo`lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi. Shu jumladan, katta ahamiyatga ega bo`lgan fizik xususiyatlardan ta`mi, elektr tok o`tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o`ziga xos xid chiqarish, qo`lga yog`lidek sezilishi va boshqalar. Download 326.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling