Minerallarning rangi Reja: Minerallarning rangi va chizig`ining rangi


Download 19.15 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.15 Kb.
#1493220
Bog'liq
Minerallarning rangi


Minerallarning rangi

Reja:
1. Minerallarning rangi va chizig`ining rangi
Minerallarning rangi va chizig`ining rangi - bir qator hollarda muhim diagnostik belgi bo`lib xizmat qiladi. Tabiatda minerallar juda xilma-xil rangda uchraydi. Ular oq, shaffof, pushti, qizil, qora va h.k. rangda bo`lishi mumkin. Ularning rangi turmushda yaxshi tanish bo`lgan narsalar rangiga qiyoslab aniqlanadi. Chunonchi, sutdek oq, somondek sariq va h.k.
Ayrim minerallarga ularning rangiga qarab nom berilgan. Masalan, lazurit va azurit havo rangli, xlorit yashil rangli (grek. "xloros"-yashil), rodonit - pushti (grek. "rodon"-pushti), rubin - qizil (lot. "rubens"-qizil), auripigment - oltin rangli (lot. "aurum"-oltin, "pigment"-bo`yoq).
Minerallar rangi uch xil o`ziga xos omillar bilan belgilanadi:
a) idioxromatik (grek. "idios"-o`zining, shaxsiy) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog`liq. Bunday xromoforlarga titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt, siyrak elementlar va boshqalar kiradi. Masalan, ikki yoki uch valentli marganes minerallarga pushti rang bersa, yetti valentli marganec to`q siyohrang beradi;
b) ko`pgina minerallar rangi boshqa kimyoviy elementlarning aralashishiga bog`liq bo`lgan alloxromatik (grek. "allos"-chet, begona) xususiyatga ega. Masalan, kvars tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qora ranggacha bo`ladi;
v) va nihoyat, ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o`zgarib turadi. Bunday rang p s ye v d o x r o m a t i k (grek. "psevdo"-yolg`on, qalbaki) rang deyiladi. Masalan, labrador aslida qora rangli bo`lsa-da, yuzasiga nur tushganda har xil ranglarda tovlanish (krizatsiya) xususiyatiga ega.
Jadvalda minerallar rangi quyidagicha belgilangan: 1-shaffof, oq, rangsiz; 2-oq, kulrang; 3-qalaydek oq; 4-qo`rg`oshindek kulrang; 5-sariq; 6-jezdek sariq; 7-oltindek sariq; 8-qizil, pushti, qizg`ish-sariq; 9-misdek qizil; 10-yashil rang; 11-havorang, ko`k; 12-jigarrang, qo`ngir; 13-qora, kulrang-qora; 14-temirrang qora; 15-boshqa ranglar.
Ba`zi minerallarni aniqlashda uning chinnida qodirilgan chizig`ining rangidan foydalaniladi.
Mineral chizig`ining rangi - kukun holidagi mineral rangidir.
Ayrim hollarda mineral chizig`ining rangi mineral rangi bilan bir xil bo`ladi. Masalan, azurit chizig`ining rangi-ko`k, auripigmentniki sariq.
Ayrim minerallar chizig`ining rangi esa, aksincha mineral rangdan farq qiladi. Masalan, piritning rangi - somondek sariq, chizig`ining rangi esa qora.
Temir rudalarini behato aniqlashda mineral chizig`ining rangi katta yordam beradi. Ko`rinishi bir xil bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, gematit va magnetitni olsa, temir rudasi chizig`ining rangi sariq-qo`ng`ir, gematitniki qizil, magnetitniki qora bo`ladi.
Mineral chizigining rangi rangsiz, oq (I); kulrang, qora, qo`ngir (II); ko`k, yashil, to`q ko`k (III); havo rang, yashil-qora (IV); qizil (V) sariq jigarrang (VI); qizil-sariq (VII); sariq (VIII) va h.k. bo`ladi.

Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi. Ba`zi mineral-lar agregatlarinig shakli shu minerallarning muhim alomatlaridir. Agregatlarning quyidagicha shakllari bo`ladi: donador-kristallik (1) - bir yoki bir necha minerallarning kristall donalari bir-biriga tartibsiz suratda yopishib borishidan hosil bo`ladi; konkretsiya (2) - sharsimon yoki to`g`ri bo`lmagan sferik tugunchalardan iborat bo`lib, sochiluvchan cho`kindi jinslaridan yuzaga keladi; dendritlar (3) - shoxlab ketgan daraxtga o`xshash shakl (sof kumush); oolitlar, no`xotsimon, ikrasimon (4) - diametri bir necha millimetrdan 2-3 sm gacha bo`lgan konsentrik puchoqsimon tuzilishdagi dumaloqlangan minerallar (aragonit); druzalar (5) - biror yuzadan o`sib chiqqan yirik kristallar to`dasi (tog` xrustali); stalaktit va stalagmitlar (6) - mineral mahsulotlarning oqiq-tomma shakllari, kolloidlar-gillar hisobiga yuzaga keladi (ohaktosh).
Ko`pgina minerallarni hosil qiladigan kristallarning shakli shu minerallarga xos va muhim alomatdir. Uning bu shakli o`sha moddaning kimyoviy tarkibiga hamda mineralning qanday sharoitda vujudga kelganiga tamomila bog`liq. Kristallarni chegaralovchi tekisliklari tomon deb, tomonlarning kesishgan chizig`i qirra deb, qirralarning kesishgan nuqtasi cho`qqi deb ataladi. Kristallarning to`g`ri shaklda bo`la olishi ularni tashkil qiluvchi zarralarning (atom, ion, molekulalarning) ma`lum qonuniyatga muvofiq joylashishiga bog`liqdir. Amorf moddalarda (nokristall moddalar) bu zarralar tartibsiz holatda joylashgan bo`ladi. Demak, ko`pchilik minerallar kristallanadi va geometrik shaklga ega bo`ladi.
Kristallar kub, oktaedr, rombododekaedr, turli prizmalar, piramidalar shaklida bo`lishi mumkin. Ba`zi kristallar ko`pyoqli juda murakkab, lekin ma`lum mineralga xos shaklda bo`ladi.
Kristallar faqat mikroskopda ko`rib bo`ladigan darajada juda mayda hamda benihoya katta bo`lishi mumkin.
Kristallar kamdan-kam hollardagina yakka tartibda uchraydi. Ular ko`pincha qo`shaloq kristallar ko`rinishda bo`ladi. Qo`shaloq kristallar-ortoklaz, albit, qalayi tosh, kinovar, gips va boshqalar ko`pincha to`g`ri o`sgan, tashqi ko`rinishidan yakka-yakka bo`lib ko`ringan kristallar haqiqatda qo`shaloqligini ba`zan uning tomonlaridagi o`ziga xos choklardan bilish mumkin. Kristall tomonlarida ba`zan turli chiziq va rasmlar bo`ladi. Bular kristallarning o`sishi yoki uning tabiiy sabablar ta`siri ostida erishi natijasida paydo bo`ladi.
Kristallar quyidagi singoniyalarda kristallanadi; triklin (trik.), monoklin (mon.), rombik (rom.), trigonal (trig.), tetragonal (tet.), geksagonal (gek.), kubik (kub.),



Download 19.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling