1-amaliy ish mavzu: Maydalash va g’alvirlash sxemalari parametrlarini tanlash va hisoblash Ishdan maqsad
Download 65.59 Kb.
|
1-Амалий иш НРМР Кайта ишлаш
1-AMALIY ISH Mavzu: Maydalash va g’alvirlash sxemalari parametrlarini tanlash va hisoblash Ishdan maqsad: Maydalash va g’alvirlash sxemalari parametrlarini hisoblashni o`rganish Hisoblash uchun dastlabki malumotlar: Fabrikaning unumdorligi – 10000 t/sut. Eng yirik ruda bo`lagi o`lchami Dmax=1000 mm; Maydalangan mahsulot tarkibidagi eng yirik ruda bo`lagi o`lchami, dmax=10 mm. Maydalashning ratsional sxemasini tanlashda maydalash bosqichlari soni va alohida bosqichlarda dastlabki va nazorat g’alvirlash jarayonlarini ko`zda tutish zaruriyati hisobga olinadi. Maydalash bosqichi soni ruda o`lchamining dastlabki va oxirgi qiymatlari nisbati orqali aniqlanadi. Umumiy maydalanish darajasi Sum= ga ushbu holatda faqatgina uch bosqichli maydalash sxemasini qo`llash orqali erishish mumkin. Agar S1= S2 = S3 deb olsak, unda, o`rtacha maydalanish darajasi So`r = bo`ladi. Oxirgi maydalash bosqichida nazorat g’alqirlash o`rnatilganda birinchi va ikkinchi bosqichda maydalanish darajasi o`rtacha maydalanish darajasidan kichik bo`lishi kerak. Quyidagi maydalanish darajalarini qabul qilamiz: S1=4; S2 =4,2; S3 =6. Har bir maydalash bosqichidan so`ng mahsulotning nisbiy maksimal o`lchamini aniqlaymiz: I bosqichdan so`ng d1= II bosqichdan so`ng d2= III bosqichdan so`ng d3= Har bir bosqich uchun maydalagichning mahsulotni bo`shatish tuynugi eni aniqlanadi: i=D/Z
D – maydalagichga tushadigan rudaning maksimal o`lchami, mm; Z – maydalangan mahsulotning eng yirik bo`lagi o`lchamini maydalagichning mahsulotni bo`shatish tuynugi eniga nisbati. O`rtacha qattiqlikdagi yirik rudalarni maydalashda Z1=1,5; o`rtacha maydalash uchun - Z2=2 va mayin maydalash uchun - Z3=2,5 deb qabul qilamiz. Unda, Birinchi bosqich maydalashda maydalagichning mahsulotni bo`shatish tuynugi katta (>100 mm) bo`lganda mayda rudalar maydalagich va dastlabki g’alvirdan erkin holda o`tib ketadi. Bu esa maydalash-g’alvirlash tugunini o`tkazuvchanlik qobiliyatini oshishiga olib keladi. Shuning uchun tanlangan maydalagich g’alvir o`rnatilmagan holda dastlabki mahsulot bo`yicha belgilangan unumdorlikni 15-20% zahira bilan taminlasa, u holda dastlabki g’alvirlash ko’zda tutilmaydi. Agar g’alvir o`rnatmaslik ikkita yirik maydalagich o`rnatishga olib kelsa, u holda maydalagichni dastlabki g’alvirlash bilan o`rnatish variantida to`xtaladi. Chunki ikkinchi maydalagichni o`rnatish kapital xarajatlarni ikki marta oshishiga olib keladi. Yirik maydalagichlarni tanlashda shuni e`tiborga olish kerakki, bir dona KKD-1500/180 o`rniga ikki dona KKD-1200/150 tanlash maqsadga muvofiq. Shunday qilib, bosqichdan avval dastlabki g’alvirlash jarayoni kam hollarda qo`llaniladi va uni qo`llash maxsus asos talab qiladi. Download 65.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling