1-Amaliy ish Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish Darsning maqsadi
Download 111.5 Kb.
|
1-Amaliy ish
- ish joyidagi yo’riqnoma;
- takroriy yo’riqnoma; - rejadan tashqari yo’riqnoma; - joriy yo’riqnoma; - kurslarda o’qitish. Kirish yo’riqnomasi yangi ishchi xizmatchilarni ishga qabul qilishda yoki yo’llanma bilan ishga kelganlarga korxona va tashkilot texnika xavfsizligi bo’yicha bosh mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Xodimni ishga chiqish to’g’risidagi buyruq, korxona rahbari tomonidan yangi xodimni barcha turdagi yo’riqnomalardan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi Kirish yo’riqnomasi alohida–alohida yoki guro’hlar tashkil etilib suhbat,uslubiy ishlanma va videomateriallarni namoyish etish sifatida o’tkaziladi. Kirish yo’riqnomasini o’tkazishdan asosiy maqsad yangi ishchi xodimlarnikorxona yo tashkilotning umumiy mehnat va texnika xavfsizligi talablari hamda ishlab chiqarishda joriy qilingan tartib intizom borasidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdir va tarkibi jihatdan qo’yidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak: - mehnat tartibi va ishlab chiqarish sharoitiga qarab belgilangan imtiyozlar; - ishchi-xodimlarni mehnat kodeksi asosida belgilangan vazifalari; - ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi hamda ishlab chiqarish sanitariya me’yorlari talablariga rioya qilishlari to’g’risida; -ayollar va yoshlar mehnatini muhofazasi to’g’risidagi qoidalar bilan tanishish; - ishlab chiqarishda jarohatlanish sabablari; - ishga kelayotgan, ishdan ketayotganda hamda korxonadagi xavfsizlik qoidalari; - ishlab chiqarishdagi elektr tarmoqlari xavfsizligi qoidalari; - avtotransportda yurganda xavfsizlik qoidalari; - texnika vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari; - sanitariya – gigiena qoidalari, shaxsiy gigiena; - shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash to’g’risida; - yong’inga qarshi kurash tartibi; - baxtsiz hodisaga uchraganda birinchi yordam ko’rsatish. Yangi ishchi-xodim yuqoridagi talab va qoidalar bilan tanishgandan so’ng yo’riqnoma olganligi to’g’risida ilovada keltirilgan 1-shakl ko’rinishidagi varaqada qayd qilinadi va ishchini shaxsiy hujjatlari to’plamida saqlanadi hamda yo’riqnomadan o’tkazilganligi to’g’risida malumot maxsus jurnalda (2-shakl) qayd qilinadi. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling