1-Amaliy ish Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish Darsning maqsadi


Download 111.5 Kb.
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1463682
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliy ish

Takroriy yo’riqnoma - har 6 oyda yoki mavsumiy ishlar, takroriy ish, yani davriy ishlar boshlanishi (paxta terish, sug’orish, g’alla o’rish) oldidan o’tkaziladi. Bu yo’riqnomani bosh mutaxasis yoki uning bevosita yordamchisi o’tkazadi.Yo’riqnoma o’tkazilib bo’lgandan so’ng ilovadagi 3-shakl jurnalga qayd qilib qo’yiladi.
Rejadan tashqari yo’riqnoma - mehnat muhofazasi qoidalari, texnologik jarayonlar, asbob-uskunalar va xavfsiz ishlashga tasir qiluvchi boshqa har qanday omillar o’zgarganda, shuningdek, biror xodim tamonidan shikast, avariya, yong’in chiqishiga olib keladigan darajada mehnat xavfsizligi qoidalari qo’pol buzilganda o’tkaziladi. Bundan tashqari, o’ta xavfli bo’lgan ish joylarda ishlaydigan ishlovchilar 30 kun va boshqa ishda ishlaydiganlar 60 kundan ortiq tanaffusda bo’lsalar, rejadan tashqari yo’riqnomadan o’tishlari shart. Rejadan tashqari yo’riqnoma yakka shaxslarga alohida yoki guruhlar tashkil qilib, ish joyi yo’riqnoma dasturiga asosan o’tkaziladi va 3-shakl jurnalida qayd qilinib, yo’riqnoma o’tkazilish sabablari ko’rsatiladi.
Joriy yo’riqnoma - maxsus ruxsat talab etiladigan xavfi yuqori bo’lgan ishlarni bajarish uchun yuboriladigan ishchilar bilan o’tkaziladi va ruxsatnoma (naryad-dopusk)ni «xodim joriy yo’riqnomadan o’tganligi to’g’risida» gi katakda ish joyi rahbari tomonidan belgi qo’yiladi.
Kurslarda o’qitish - mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha ishchi xodimlarni malakasini oshirish maqsadida, maxsus vaqtinchalik kurslar tashkil etish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ishchi-xodimlarni malakasini oshirish majlis va seminarlarda qatnashish hamda radio va televedenie, ko’rgazmalar, ekskursiya va kinofilmlar namoyish etish yo’li bilan ham amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, mutaxassislik bo’yicha o’quv qo’llanmalar, hamda ilovada keltirilgan ma’lumotlar asosida, quyida keltirilgan ishlar uchun yo’riqnoma namunasini tuzing.


Mavzu bo’yicha masalalar
1. Dala boshida g’alla o’rim yig’imini boshlashdan oldin kombayn boshqaruvchisi uchun xavfsilik yo’riqnomasini tuzing.
2. Elektr qurilmasiga xizmat ko’rsatish uchun navbatdan tashqari xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
3. Qishloq xo’jalik ekinlariga ximiyaviy ishlov berishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
4. Somon va boshqa chorva ozuqalarni ortishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
5. Mineral o’g’itlarni saqlash va tashishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
6. CHorva mollarini vaksinasiya qilishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
7. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash va saqlashda xavfsizlik
yo’riqnomasini tuzing.
8. Yerga ishlov beradigan agregatlardan foydalanishda va xizmat ko’rsatishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.



Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling