1-Amaliy ish Tizimni struktura sxemasini qurish. Tizim xususiyatlariga ko’ra bog’lanish modelini o’rganish. Ishning maqsadi


Download 0.72 Mb.
bet15/21
Sana02.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1320615
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Amaliy ishlari

13-Amaliy ish
Tizimda aniq, noaniq vaziyatlarda qaror qabul qilish.
Ishni bajarish tartibi: ushbu ish ishbilarmonlik o‘yini tarzida o‘tkaziladi va u 6 ta bosqichdan iborat.
Ishbilarmonlik o‘yinining boshlang‘ich shartlari:
Qadimiy va navqiron shaharlarimizdan birida uning asos solinganligiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazish belgilandi. Shahar hokimiyati ushbu tadbirni tantanali tarzda uyushtirish, uni tashkil etish va shu bilan birga shahar byudjetini ma’lum miqdorda to‘ldirish rejasini tuzdi.
Ushbu tadbirning shioriga shahar aholisi "Hurmatli deputatlar, biz siz bilan birgamiz" deb javob berishdi.
Ushbu tadbir shahar hokimiyati oldida shunday muammo qo‘ydi: "Bayramning bosh tadbirini qaysi hududda tashkil etish, ya’ni ochiq maydondami yoki shaharning qaysi teatri binosida? Chunki bu tadbir kunida ob-havodagi kutilayotgan o‘zgarish uni moliyaviy ta’minlashga jiddiy ta’sir qiladi.
1-bosqich Bayram tadbirini o‘tkazishning bosh maqsadini belgilab olish. Shahar deputatlariga shunday savol qo‘yildi: Ushbu bayram tadbirini namunali o‘tkazishda qaysi maqsadlarni eng muhim deb hisoblaysiz?
2-bosqich. Bayram tadbirini qanday tartibda o‘tkazishning variantlarini muhokama yo‘li bilan belgilab olish. Tadbirni o‘tkazish variantini belgilab oling. Buning uchun har bir variantga va tanlangan variantga o‘z fikringizni va nuqtai nazaringizni asosli ifodalang.
Qaror qabul qilishning qo‘shimcha shartlari:
Har bir tanlangan ikkita variantning o‘ziga xos musbat va manfiy tomonlari bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilish uchun quyidagi miqdoriy axborotlarning yetishmasligi yaqqol seziladi:

  • bayram tadbiri kuni ob-havo quyoshli bo‘ladimi yoki yomg‘irli?

  • bayram tadbirini o‘tkazish joyi va ob-havo bayramning moliyaviy daromadiga qanchalik ta’sir qiladi (bu yerda variantlar quyidagicha, yani ular to‘rtta: quyoshli kun bo‘lsa, tadbir ochiq maydonda yoki teatr binosida; yomg‘irli kun bo‘lsa, tadbir ochiq maydonda yoki teatr binosida o‘tkaziladi)?

Shahar hokimiyati bu savollarning birinchisiga javob topishni shahar gidromet-markaz xodimlariga; ikkinchi savolga javob topishni esa bayramni tashkil etayotgan rejisserlar guruhiga, buxgalterlarga va savdo tarmoqlari xodimlariga yukladi.
Shahar hokimiyatining navbatdagi yig‘ilishi boshlanishi arafasida quyidagi jadvalda keltirilgan miqdoriy ma’lumotlar olindi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling