2-jadval
Real jarayonlarni tadqiq qilishda imitasion modellar ham faol qo‘llaniladi.
Imitatsion modellar - tizim va unga tashqi ta’sirlarning tavsifi, tizim faoliyatining algoritmlari yoki tizim holatining tashqi va ichki ta’sirlar natijasida o‘zgarish qoidalari to‘plami demakdir. Bu algoritm va qoidalar matematikaning analitik va sonli yechish usullarini qo‘llashni bildirmaydi, ammo ular tizimning faoliyat jarayonini imitasiya qilish (ifodalash) va uning kerakli xarakteristikalarini hisoblash imkonini beradi. Imitatsion modellarni qurishda hisoblash tizimlaridan foydalanilgani uchun imitatsion modellarni formal ifodalash vositalari sifatida universal va maxsus algoritmik tillar qo‘llaniladi.
Imitatsion modellar tizim holatining ma’lum vaqt oralig‘idagi o‘zgarishini «qayta ifodalaydi». Bunga vaqt bo‘yicha taqsimoti tizim holatining o‘zgarishi haqida muhim axborot beradigan hodisalar qatorini identifikasiya qilish (aniqlashtirish) yo‘li bilan erishiladi. Imitasion modellashtirish usulini tadbiq qilish uchun EHMda hisoblash jarayonini tashkil qilish kerak. Imitatsion modellar analitik va sonli usullar qo‘llanadigan hollarga qaraganda obyekt va jarayonlarining juda keng sinflari uchun yaratilishi mumkin.
Model ko‘rinishini tanlash o‘rganilayotgan tizim va modellashtirish maqsadining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlanadi. Chunki modelni tadqiq qilish faqat muayyan bir savollar guruhiga javob berish imkonini beradi. Boshqa zarur ma’lumot olish uchun esa boshqa ko‘rinishdagi model kerak bo‘ladi.
Modellar klassifikatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |