Maqsad va zaxiralar.
Masalan, tashkilot menedjeri o‘zining har xil funksiyalarini bajarish jarayonida bir qator qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi: rejalashtirish jarayoni rejani tasdiqlash bilan yakunlanishi zarur; nazorat jarayonida rejadan chetlashishlarni yo‘qotish qarorini qabul qilish lozim; kutilmagan holatlar yuz berganda rejaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish zarurati va hokazo. Ana shunda qabul qilingan qaror bitta yoki bir nechta maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Har bir qaror u yoki bu zaxiralardan foy-dalanishni nazarda tutadi. Masalan, biz tushlik qilayotganimizda ko‘pincha mahsulotni sotib olish imkoniyatimizga va u yerdagi xizmat ko‘rsatish da-rajasiga e’tibor qilamiz. Bu yerda eng muhim zaxira bu bizning hamyonimizdagi pul miqdori. Shuning uchun amaliyotda har qanday loyiha ortida qabul qilinayotgan qarorda eng muhimi bu "Biz nimaga erishmoqchimiz? Buning uchun biz qaysi zaxiralardan foydalanishga tayyormiz?" degan savollarga javob topa olishimizda.
Tavakkalchilik va noaniqliklar.
Ko‘pchilik qarorni tavakkalchilik sharti bilan (ya’ni ba’zi yo‘qotishlar xavfi borligini bila turib) qabul qiladi. Bu ko‘pincha bizni o‘rab turgan muhitda turli noaniqliklarning borligi bilan bog‘liq. Noaniqliklar (kutilmagan holatlar, tasodiflar) musbat yoki manfiy (ba’zan esa biz ularni bax-tli yoki baxtsiz tasodif deb ataymiz) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday holda har qanday menedjer tasodifiy yo‘qotishlardan kafolatlanishi va baxtli tasodiflarni o‘tkazib yubormasligi lozim.
Qarorni baholash kriteriyalari.
Kriteriya – bu muqobil qarorlarni taqqoslash uchun qo‘llaniladigan qoida yoki ko‘rsatgichlar. Ana shu kriteriyalar yordamida qabul qilingan qaror qo‘yilgan maqsadga erishishni qay darajada ta’minlashi mumkinligi aniqlab olinadi.
Qaror – bu amaliy natijalarga olib keluvchi bir yoki bir necha maqsadga yetishishga yo‘naltirilgan qarorlarning bir qancha variantlari ichidan oldindan obdon o‘ylab tanlab olingani. Masalan, xo‘jalik qarori – bu tizim funksiyalarining to‘laqonli tadbiq qilinishi choralarini topish uchun bo‘g‘inlarning ba’zi holatilarini o‘zgartirish qarorini qabul qiluvchi shaxsning tanlovi.
Qaror qabul qilish quyidagi xossalari bilan xarakterlanadi:
tanlovlar soni;
maqsadlar soni;
ongli tanlovlar;
amallarning yakunlanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |