Qaror qabul qilish.
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish jarayoni ma’lum bir ketma-ket bosqichlardan iborat:
maqsadni qo‘ya bilish;
vaziyatni baholash;
muqobillarni aniqlash;
qaror qabul qilish.
Qaror qabul qiluvchi shaxsning xususiyatlaridan kelib chiqib, qarorni bir kishi yoki jamoa (ovoz berish yo‘li bilan) qabul qilishi mumkin. Bunday holda ovoz berganlarning har biri tanlangan variantlarning ustunligi va kamchiliklarini baholab bermog‘i lozim.
Boshqaruv qarorining tipologiyasi:
a) yakka shaxs: odamlar bilan maslahatlashmagan holda (masalan, "Men shuni xohlayman" degan tamoyil bilan); yakka shaxs-maslahatli (masalan, "Biz maslahatlashdik va men shunday qarorga keldim" degan tamoyil bilan).
b) jamoaviy: barcha aloqador shaxslar konsensusi asosida; barcha aloqador shaxslar kompromissi asosida; ovoz berish orqali.
Qabul qilinadigan qarorlar variantlari.
eng yomon: bu yondashuv qiziqishlari bir-biriga zid ikki raqibning kompromissiz qarama-qarshi turgan holda yaxshi (masalan, o‘zaro jang olib borayotgan ikki davlat harbiylari); ziddiyatlar sharoitida optimal xulq usullari o‘yinlar nazariyasida o‘rganiladi; bu variantning boshqacha nomi – pessimist qarori;
optimistik: eng maqbul holatdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish – optimizm;
o‘rta statistik: bu yondashuv, masalan, har hafta yoki har kuni o‘tkaziladigan tadbirlar uchun to‘la asosli; bunga misol qilib menedjerning o‘z restoranini ochishdan oldin uning stollarini tabiat qo‘yniga yaqinroq qilgan holda ochiq havoga olib chiqishi ma’qulmi, yoki yopiq bino ichida qoldirishi, yoki yomg‘irdan himoyalagan holda o‘rab qo‘yishi? Agar hodisa ko‘p marotaba takrorlanuvchan bo‘lsa, u holda qaror qabul qilish uchun zamonaviy amaliy statistikaning usullaridan, masalan, kutilayotgan daromad ehtimolligini matematik baholash usulidan foydalanish maqsadga muvofiq.
foydadan holi: har qanday menedjer uning uchun nima foydali ekanligi haqidagi qarorni (daromadni oshirish yoki boy beriladigan imkoniyatlarni kamaytirish) qabul qila bilishi kerak; ana shu holda unga iqtisodiyotda eng samarali deb topilgan foyda nazariyasi (xaridor xulqi nazariyasidagi "marjinal foyda") va takomillashgan matematik apparat yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |