3-Amaliy ish
Tizimni atrof muxitiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish.
Ishning maqsadi: Tizimga ta’sir etuvchi asosiy omillar, ularning ta’siri va buning natijalari, tizimga kirish va chiqishlar haqidagi asosiy tushunchalarni nazariy ma’lumotlar va amaliy mashqlar asosida mustahkamlash.
Ishni bajarish tartibi: O‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan tinglovchilar guruhining hamkorlikdagi ishi va natijalarni tahlil qilib borish.
Topshiriqlar:
1. Ta’sir omillari qaraladigan tizimli ob’yektni tanlang. Bu o‘zingiz tanlagan variant yoki quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
dekanat;
ilmiy bo‘lim;
talabalar guruhi;
mahalla;
oliy ta’lim muassasasi;
|
maktab;
avtoservis;
soat ustaxonasi;
katalog;
ma’ruza va hokazo.
|
Shular ichidan misol sifatida tanlangan tizim uchun "Tashqi muhitning tizimga asosiy ta’sir etuvchi omillari" mavzuli ushbu sxemani to‘ldiring.
"Tashqi muhitning tizimga asosiy ta’sir etuvchi omillari" sxemasi
2. Har bir obyekt uchun asosiy ta’sir etuvchi jadvaldagi 4 ta omilga misollar tanlang (bunda "Tanlangan tizimning ishlashi uchun nimalar asosiy ta’sir qiladi?" degan savolga sxemaning chap qismiga ("Kirish") javob yoziladi).
3. Sxemaning o‘ng qismiga ana shu omillarning ta’siri "Ushbu omillarning tanlangan tizimga ta’siri qanday?" degan savolga ("Chiqish") javob tarzida yoziladi.
4. Tashqi muhitning tizimga asosiy ta’siri haqidagi xulosalar chiqariladi va ular ishchi daftarga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |