Loyiha topshiriqlari
|
Front-end dasturchi
|
Back-end dasturchi
|
Dizayner
|
Loyiha menejeri
|
Analitik
|
1-faza. Izlanish
|
Ekonomik model
|
I
|
I
|
I
|
I
|
R
|
Strategiya
|
I
|
I
|
I
|
A
|
A
|
Risk faktorlari
|
I
|
I
|
I
|
I
|
R
|
2-faza. Ishlab chiqish
|
Loyiha arxitekturasi
|
C
|
C
|
I
|
R
|
C
|
Dizayn ko'rinishi
|
C
|
I
|
R
|
A
|
I
|
Loyihani kodlash
|
R
|
R
|
I
|
A
|
I
|
Loyihani testlash
|
R
|
R
|
I
|
A
|
I
|
Dasturiy mahsulotni serverga joylashtirish
|
C
|
R
|
I
|
A
|
I
|
II bosqich(Rejalashtirish bosqichi)
Maqsadni bajarishga olib keladigan bosqichlarni tanlash. Ushbu loyihani yaratishda o'z maqsadimizni bajarishga olib kelishga yordam beradigan quyidagi bosqichlarni tanlab oldik:
Vazifalarning aniq qo'yilish boqsichi;
Vazifalarning vaqtida bajarilishini ta'minlash boqsichi;
Vazifani bajarishda xalal beradigan omillarni bartaraf qilish boqsichi;
Vazifani testlash va uni optimallashtirish boqsichi
O'zgartirish jarayonlarini o'rnatish. Loyihani yaratishda albatta qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish zarur bo'ladigan holatlar yuzaga keladi. Shunday holatlarda loyihani aynan qayeriga va qay tariqa o'zgartirish kiritilishi muhim rol o'ynaydi. Masalan, ushbu loyihada qidiruv tizimiga o'zgartirish kiritilishi zarur bo'ldi va bunda qidiruvga oid barcha funksiya va amallar shunga moslashtirilib chiqildi. Yana o'zgartirishlar bo'lishi mumkinligi inobatga olinib qidiruv tizimi dinamik ko'rinishga keltirildi.
Ma'lumotlarni oshkor qilmaslik. Loyihani amalga oshirishda uning kod qismi va resurslarga yo'l ochib beruvchi har xil kod va parollarni oshkor qilmaslik muhim hisoblanadi. Misol tariqasida ushbu loyihada, foydalanuvchlar ma'lumotlari saqlanadigan ma'lumotlar bazasining kirish kalitini olsak bo'ladi.
Xavfni baholash va boshqarish. Loyihani yaratishda yuzaga keladigan xavflar sifatida dasturchilardan birining ketib qolishi yoki boshqasiga almashinishi, resurslarning yetmasligi, vaqtdan orqada qolish va shu kabilarni misol qilib keltirsak bo'ladi. Ushbu xavflarni boshqarishda ularni oldindan taxminiy qo'yib borish va ularni bartaraf qilish borasida choralarni tayyorlab qo'yish lozim. Masalan, loyihani ishlab chiqishda pullik film va seriallarning to'lov qismida kutilmagan xavf yuzaga keldi va buni bartaraf qilishda xavf jamoa bilan baholandi va uni bartaraf qilish jarayoni ishlab chiqildi.
Loyihani boshlash uchun boshlang'ich yig'ilish o'tkazish. Loyihani boshlashdan oldin jamoa a'zolari bilan yig'ilish o'tkazildi, loyihaning maqsadi va vazifalari tushuntirildi va har bir a'zoning o'z vazifa va topshiriqlari taqsimlab berildi. Ularning vaqtlarini to'g'ri taqsimlab berisldi.
III bosqich(Topshiriqlarni bajarish bosqichi)
Gantt jadvali.
Xatarlarga javob berish va qayd etish. Loyihani bajarishda kutilmagan xatarlar yuzaga kelganda ularning xatarlilik darajasini maksimal darajada tushirishga oid choralarni qo'llash lozim. Misol sifatida ushbu loyihada, film va seriallarning avtorlik huquqi va to'lov amaliyotlari xavfsizligini olsak bo'ladi. Shuningdek, xatarlarni qayd qilib borish kerak, chunki, kelajakda shu kabi xatarlarni tez va oson hal qilishda yordam berishi mumkin.
Jamoa a'zolarini motivatsion ruhda ushlab turish. Jamoaning ruhiy holati loyihaning qay darajada tez va sifatli bajarilishi bilan chambarchas bog'liq bo'lib ularning ruhiy salomatligi va hordiq olishlarini tartibga solish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Masalan, ushbu loyiha jamoa a'zolari bilan har hafta yakshanba kunlari futbol va voleybol o'yinlari tashkil etiladi.
Manfaatdor tomonlarni rivojlanish haqida xabardor qilib borish. Loyihani yaratishda loyihaning manfaatdor tomonlarini doimiy ravishda haftalik va oylik hisobotlar bilan tanishtirilib borildi. Loyihaning yuksalish va kamchiliklari muhokama qilindi.
Testlash orqali yangi o'zgarishlarni kiritib borish. Doimiy ravishda loyihaning tugallangan qismlari testlandi va testlashdan muvaffaqiyatli o'ta olmaganlarigina qayta ishlab chiqildi toki testlash muvaffaqiyatli bo'lmaguncha.
IV bosqich(Loyihani yopish bosqichi)
Kelajakda amalga oshirish mumkin bo'lgan o'zgarishlarni qayd etish. Kelajakda loyihaning yangi versiyalarini ishlab chiqishda yangi qo'shimcha va qismlarni qo'shish ehtimoli bor. Shuning uchun ilovaning ushbu o'zgartirishlarga moslashtirilgan holda yaratildi.
Loyihaning yakuni haqida manfaatdor tomonlarga xabar berish va hisobot taqdim qilish. Loyiha yakunlangach, uning yakunlangani, oxirgi natijalari, ya'ni, muvaffaqiyat va kamchiliklari, uni ishlab chiqishdagi yuzaga kelgan xavf va jarayonlar haqida hisobo tariqasida prezentatsiya yaratildi va manfaatdor tomonlarni yig'gan holda ularga taqdim etildi.
Loyihani tugatish hisobotini yaratish. Loyihaning yakuniy hisoboti yaratildi va oldingi loyihalar qatoriga qo'yildi.
Loyihaning tugashi munosabati bilan uni nishonlash. Loyihaning tugallanishi munosabati bilan jamoa a'zolari va manfaatdor tomonlar ishtirokida kichik bazm tashkil etildi va jamoa a'zolari bilan yaqin kelajakda bundanda katta loyihlarni bajarishga kelishilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |