Loyihaning vazifalari. Loyihaning asosiy vazifalari:
Veb ilova foydalanuvchilarini sifatli va zamonaviy filmlar bilan ulashish;
Ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishda va madaniy hordiq olishlarida ularning sevimli film va seriallarini tomosha qilishlarini ta'milash;
Foylanuvchilar orasida ularning filmlar haqidagi kifrlarini boshqa tomoshabinlar bilan bo'lishishda ularni onlayn chatlardagi faolliklarini ta'minlash
Loyihada tomonlarning pozitsiyasi va majburiyatlari. Ushbu loyihada boshqa tomonlar sifatida yangi va pulli filmlarni taqdim qiluvchi tashkilotlar nazarda tutilmoqda. Masalan, Netflix platformasida taqdim qilinadigan eng so'nggi filmlarni o'zbek tilidagi professional tarjimasini sotib olib, tomosha qilishlari mumkin. Bunda shunga o'xshagan tomonlarning pozitsiyasi sifatida ular o'z mahsulotini sotmoqchi bo'lgan tashkilot sifatida ko'riladi. Ularning majburiyatlari sifatida esa va'da qilingan vaqtda filmlarni taqdim qilish, filmlarning yuqori sifatda taqdim qilinganligini boshqarish.
Loyihadagi cheklovlar. Loyihada asosiy cheklovlar bu filmlardagi yosh chegarasi, ya'ni foydalanuvchi yoshiga mos ravishda filmlarni taqdim qilish. Shuningdek, filmlardagi avtorlik huquqi asosida taqdim qilinaganlik.
Loyiha budjeti. Loyihani ishlab chiqishda loyiha budjeti 100 000 000 so'm bo'lib, budjetni taqsimlashda quyidagi xarajatlar inobatga olingan:
Dasturchilar: 80 000 000 so'm;
Server resurslari: 10 000 000 so'm;
Ma'umotlar bazasi va domenga oid xarajatlar: 10 000 000 so'm
Loyiha xronologiyasi. Loyihani ishlab chiqishda ishtirok etadigan ishchilarning rollari quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Front-end dasturchi - 2 ta;
Back-end dasturchi - 2 ta;
Dizayner - 1 ta
Loyiha menejeri - 1 ta;
Analitik - 1 ta;
RACI jadvali.
Do'stlaringiz bilan baham: |