1-amaliy ishi Tekshirdi: Mirzayeva Nilufar


Loyihani boshlash uchun boshlang'ich yig'ilish o'tkazish


Download 248.15 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2022
Hajmi248.15 Kb.
#999052
1   2   3
Bog'liq
DT-loyihalarini-boshqarish

Loyihani boshlash uchun boshlang'ich yig'ilish o'tkazish. Loyihani boshlashdan oldin jamoa a'zolari bilan yig'ilish o'tkazildi, loyihaning maqsadi va vazifalari tushuntirildi va har bir a'zoning o'z vazifa va topshiriqlari taqsimlab berildi. Ularning vaqtlarini to'g'ri taqsimlab beriladi.
III bosqich(Topshiriqlarni bajarish bosqichi)
Gantt jadvali.



Xatarlarga javob berish va qayd etish. Loyihani bajarishda kutilmagan xatarlar yuzaga kelganda ularning xatarlilik darajasini maksimal darajada tushirishga oid choralarni qo'llash lozim. Shuningdek, xatarlarni qayd qilib borish kerak, chunki, kelajakda shu kabi xatarlarni tez va oson hal qilishda yordam berishi mumkin.


Jamoa a'zolarini motivatsion ruhda ushlab turish. Jamoaning ruhiy holati loyihaning qay darajada tez va sifatli bajarilishi bilan chambarchas bog'liq bo'lib ularning ruhiy salomatligi va hordiq olishlarini tartibga solish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Masalan, ushbu loyiha jamoa a'zolari bilan har hafta yakshanba kunlari futbol va voleybol o'yinlari tashkil etiladi.
Manfaatdor tomonlarni rivojlanish haqida xabardor qilib borish. Loyihani yaratishda loyihaning manfaatdor tomonlarini doimiy ravishda haftalik va oylik hisobotlar bilan tanishtirilib borildi. Loyihaning yuksalish va kamchiliklari muhokama qilindi.
Testlash orqali yangi o'zgarishlarni kiritib borish. Doimiy ravishda loyihaning tugallangan qismlari testlandi va testlashdan muvaffaqiyatli o'ta olmaganlarigina qayta ishlab chiqildi toki testlash muvaffaqiyatli bo'lmaguncha.
IV bosqich(Loyihani yopish bosqichi)
Kelajakda amalga oshirish mumkin bo'lgan o'zgarishlarni qayd etish. Kelajakda loyihaning yangi versiyalarini ishlab chiqishda yangi qo'shimcha va qismlarni qo'shish ehtimoli bor. Shuning uchun ilovaning ushbu o'zgartirishlarga moslashtirilgan holda yaratildi.
Loyihaning yakuni haqida manfaatdor tomonlarga xabar berish va hisobot taqdim qilish. Loyiha yakunlangach, uning yakunlangani, oxirgi natijalari, ya'ni, muvaffaqiyat va kamchiliklari, uni ishlab chiqishdagi yuzaga kelgan xavf va jarayonlar haqida hisobo tariqasida prezentatsiya yaratildi va manfaatdor tomonlarni yig'gan holda ularga taqdim etildi.
Loyihani tugatish hisobotini yaratish. Loyihaning yakuniy hisoboti yaratildi va oldingi loyihalar qatoriga qo'yildi.
Download 248.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling