O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Dasturiy injiniring yo‘nalish talabalasi Ganjayev Diyorbekning dasturiy tizim loyihalarini boshqarish fanidan bajargan
1-amaliy ishi
Tekshirdi: Mirzayeva Nilufar
Ushbu amaliy ishni bajarishda loyiha sifatida "Pizzeria" nomli restoran saytini olamiz. Bu veb saytda kafening barcha turdagi pitsalari haqida ma’lumotlar va buyurtma qilish funksiyalari bo’ladi. Quyida ushbu loyihaning hayot siklining 4 ta bosqichidagi tavsifini berib o'tamiz.
I bosqich(Boshlash bosqichi)
Loyiha maqsadi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – uning barcha foydalanuvchilari mazali va sog’lom ovqatlanishi uchun taomlar ro’yxati shakllantirish va yetkazib berish xizmatlarini o’z ichiga oladi.
Loyihaning vazifalari. Loyihaning asosiy vazifalari:
Veb ilova foydalanuvchilariga sifatli va mazali taomlar haqida ma’lumot berish ;
Ularni tushlik va kechki ovqat payti ortiqcha ovoragarchiliklardan asrash.
Foylanuvchilar orasida ularning “Pizzeria” pitsalari haqidagi fikrlarini boshqa xo’randalar bilan bo'lishishda ularni onlayn chatlardagi faolliklarini ta'minlash
Loyihada tomonlarning pozitsiyasi va majburiyatlari. Ushbu loyihada tomonlar restoran egasi va mijozlar bo’ladi. Restoran(yoki kafe) o’z taomlari sifatiga javob berishi kerak, ularda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan sertifikat bo’lishi kerak. O’z navbatida mijozlar majburiyati bu yetkazib beruvchilar vaqtini olmasliklari uchun manzilni to’g’ri berishi va yoki hisobni aniq to’lash bo’ladi.
Loyihadagi cheklovlar. Loyihada asosiy cheklovlar bu musulmonlar mijozlar uchun taomga cho’chqa yoki boshqa man qilingan hayvon mahsulotlari qo’shilmasligi va shunga o’xshash narsalar bo’ladi. Va bu haqida saytda ham e’lon qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |