1-amaliy ishi Tekshirdi: Mirzayeva Nilufar


Download 248.15 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi248.15 Kb.
#999052
1   2   3
Bog'liq
DT-loyihalarini-boshqarish

Loyiha budjeti. Loyihani ishlab chiqishda loyiha budjeti 70 000 000 so'm bo'lib, budjetni taqsimlashda quyidagi xarajatlar inobatga olingan:

  1. Dasturchilar: 50 000 000 so'm;

  2. Server resurslari: 10 000 000 so'm;

  3. Ma'umotlar bazasi va domenga oid xarajatlar: 10 000 000 so'm

Loyiha xronologiyasi. Loyihani ishlab chiqishda ishtirok etadigan ishchilarning rollari quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Front-end dasturchi - 2 ta;
Back-end dasturchi - 2 ta;
Dizayner - 1 ta
Loyiha menejeri - 1 ta;
Analitik - 1 ta;
RACI jadvali.

Loyiha topshiriqlari

Front-end dasturchi

Back-end dasturchi

Dizayner

Loyiha menejeri

Analitik

1-faza. Izlanish

Ekonomik model

I

I

I

I

R

Strategiya

I

I

I

A

A

Risk faktorlari

I

I

I

I

R

2-faza. Ishlab chiqish

Loyiha arxitekturasi

C

C

I

R

C

Dizayn ko'rinishi

C

I

R

A

I

Loyihani kodlash

R

R

I

A

I

Loyihani testlash

R

R

I

A

I

Dasturiy mahsulotni serverga joylashtirish

C

R

I

A

I



II bosqich(Rejalashtirish bosqichi)
Maqsadni bajarishga olib keladigan bosqichlarni tanlash. Ushbu loyihani yaratishda o'z maqsadimizni bajarishga olib kelishga yordam beradigan quyidagi bosqichlarni tanlab oldik:

  1. Vazifalarning aniq qo'yilish boqsichi;

  2. Vazifalarning vaqtida bajarilishini ta'minlash boqsichi;

  3. Vazifani bajarishda xalal beradigan omillarni bartaraf qilish boqsichi;

  4. Vazifani testlash va uni optimallashtirish boqsichi

O'zgartirish jarayonlarini o'rnatish. Loyihani yaratishda albatta qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish zarur bo'ladigan holatlar yuzaga keladi. Shunday holatlarda loyihani aynan qayeriga va qay tariqa o'zgartirish kiritilishi muhim rol o'ynaydi. Masalan, ushbu loyihada qidiruv tizimiga o'zgartirish kiritilishi zarur bo'ldi va bunda qidiruvga oid barcha funksiya va amallar shunga moslashtirilib chiqildi. Yana o'zgartirishlar bo'lishi mumkinligi inobatga olinib qidiruv tizimi dinamik ko'rinishga keltirildi.
Ma'lumotlarni oshkor qilmaslik. Loyihani amalga oshirishda uning kod qismi va resurslarga yo'l ochib beruvchi har xil kod va parollarni oshkor qilmaslik muhim hisoblanadi. Misol tariqasida ushbu loyihada, foydalanuvchlar ma'lumotlari saqlanadigan ma'lumotlar bazasining kirish kalitini olsak bo'ladi.
Xavfni baholash va boshqarish. Loyihani yaratishda yuzaga keladigan xavflar sifatida dasturchilardan birining ketib qolishi yoki boshqasiga almashinishi, resurslarning yetmasligi, vaqtdan orqada qolish va shu kabilarni misol qilib keltirsak bo'ladi. Ushbu xavflarni boshqarishda ularni oldindan taxminiy qo'yib borish va ularni bartaraf qilish borasida choralarni tayyorlab qo'yish lozim. Masalan, loyihani ishlab chiqishda buyurtma qismida kutilmagan xavf yuzaga keldi va buni bartaraf qilishda xavf jamoa bilan baholandi va uni bartaraf qilish jarayoni ishlab chiqildi.

Download 248.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling