1-Amaliy: Mamlakatimizda axborot xavfsizligiga oid qonunlar bilan tanishish


Download 0.57 Mb.
bet13/26
Sana13.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1090020
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26

Windows OT hodisalari turlari


Hodisa

Tavsifi

1

2



Xatolik

Ma’lumotlarni yoki funksionallikni yo‘qotish kabi muhim muammoni ko‘rsatadigan hodisa. Masalan,
biror xizmat ishga tushirishi paytida yuklanmasa, mazkur xatolik hodisasi qayd etiladi.



Ogohlantirish

Hodisa juda ahamiyatli bo‘lmasada, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, diskda bo‘sh joy kam bo‘lsa, ogohlantirish hodisasi qayd etiladi.



Axborot

Ilova, drayver yoki xizmatning muvaffaqiyatli ishlashini tavsiflaydigan hodisa. Masalan, tarmoq drayveri muvaffaqiyatli yuklanganida, hodisalarni
axborot qaydlaydi.



Muvaffaqiyatli audit

Muvaffaqiyatli tekshirilgan xavfsizlikka oid kirish urinishlarini yozib boradigan hodisa. Masalan, foydalanuvchining tizimga kirishga muvaffaqiyatli
urinishi muvaffaqiyatli audit hodisasi sifatida qaydlanadi.



Muvaffaqiyatsiz audit

Tekshirilgan xavfsizlikdan foydalanishga urinish muvaffaqiyatsiz tugaganida, bu hodisa qaydlanadi. Masalan, agar foydalanuvchi tarmoq drayveriga
kirishida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bu hodisa qaydlanadi.

Quyidagi hodisalar qaydlanishi shart:


Resurs muammolari. Xotirani ajratishda xatolik yuz bergan taqdirda ogohlantirish hodisasini qaydlash kam xotirali vaziyatning sababini ko‘rsatishga yordam beradi.
Uskuna bilan bog‘liq muammolar. Tarmoq kartasi, qattiq disk, tezkor xotira va boshqa qurilma drayveri bilan bog‘liq hodisalar qaydlanishi shart.
Axborot hodisalari. Server dasturi (masalan, ma’lumotlar bazasi serveri) foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tkazilishi, ma’lumotlar bazasidagi amallar va boshqa hodisalar qaydlanishi shart.
Hodisalarni qaydlash jurnali ustida quyidagi amallar bajarilishi mumkin:

  • zaxira nusxalash (BackupEventLog funksiyasi yordamida);

  • tozalash (ClearEventLog funksiyasi yordamida);

  • monitoringlash (NotifyChangeEventLog funksiyasi yordamida);

  • so‘rov yuborish (boshqa dasturlar tomonidan, GetOldestEventLogRecord, GetNumberOfEventLogRecords funksiyalari yordamida);

  • o‘qish (ReadEventLog funksiyasi yordamida);

  • yozish (ReportEvent funksiyasi yordamida).

Windows XP/2000 operatsion tizimlarda hodisalarni qaydlash jurnalida turli qayd yozuvlari uchun berilgan imtiyozlar mavjud (6.3-jadval).


6.3-jadval

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling