1-Amaliy mashg’ulot 1-Mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari


Download 198.74 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2023
Hajmi198.74 Kb.
#1108018
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 1


1-Amaliy mashg’ulot
1-Mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari.
1799 yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan va tarkibning doimiylik qonuni 1809 yilda ko'pchilik olimlar tomonidan e'tirof etildi.
Har qanday kimyoviy toza modda qayerda va qanday usulda olinishidan qat'iy nazar doimiy o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi.
Masalan: Suv qayerda uchrashidan qat’iy nazar bir xil tarkibga ega bo’ladi. Suv bir necha usulda olinishi mumkin:
1. 2H2 + O2 → 2H2O
2. NaOH + HCl → NaCl + H2O
3. CH4 + 2O2 → CO2 + 2H2O
Demak, toza suv qayerda va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar suv molekulasida 2 atom H va 1 atom O dan tashkil topgan. Yani suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo'ladi.
Miqdorga asoslanib formula topish.
1. 2,8543 g marganes oksid alyuminotermiya usuli bilan qaytarilganda, 1,806•1022 ta alyuminiy oksid hosil bo’ldi. Qaytarilgan oksid formulasini toping.
Yechimi:

Shunday reaksiya sodir bo’lgan. Bunda reaksiya natijasida ajralib chiqqan alyuminiy oksidi tarkibidagi kislorod massasi, boshlang’ich marganes oksidi tarkibidagi kislorod massasiga teng. Chunki Mn o’rnini Al olgani uchun O massasi o’zgarmaydi. Bu moddalar massasining saqlanish qonuni asosida tushintiriladi.
Al2O3
6,02*1023 dona tarkibida 48 g O bor.
1,806*1022 x=1,44 g O bor.
Demak, 2,8543 g marganes oksidi tarkibida 1,44 g O bo’lsa, 2.8543g−1.44 g =1.4143 g Mn bo’lgan. Bu birikmaning fo’rmulasini topamiz.

Mis va oltindan iborat 80 g qotishmadagi misning massa ulushi 65% bo’lsa, unga necha gramm oltin qo’shilganda Cu3Au tarkibli birikma birikma olinadi?
Yechimi: Cu ning massasini topamiz. 80•0.65=52 g Cu, Au esa, 80-52=28 g.
Bu qoptishmaga qancha miqdorda Au qo’shsak, Cu3Au tarkibli qotishmaga aylanadi.

Au to’g’ri kelar ekan. Bundan boshang’ich qotishmadagi qismni ayirsak, keyiongi qo’shiladigan qism kelib chiqadi. 53.35-28=25.35 g Au qo’shish kerak.
Mis va oltindan iborat 80 g qotishmasiga 25,35 gramm oltin qo’shilganda Cu3Au tarkibli birikma olinadi, boshlang’ich qotishmadagi Cu va Au ning massa ulushini aniqlang?
Yechimi:
X=28 g Au Qolgani 80-28=52 g Cu bor ekan.

Download 198.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling