1-amaliy mashg’ulot algoritm tushunchasi. Muhandislik masalalarini yechish ketma-ketligi Topshiriqni bajarish namunasi
Download 16.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol.
- Topshiriq savollari
1-AMALIY MASHG’ULOT Algoritm tushunchasi. Muhandislik masalalarini yechish ketma-ketligi Topshiriqni bajarish namunasi. Quyidagi hisoblash formulalari yordamida Y ni hisoblang, Bunda: a=0.59, z=-4,8, x=2.1 2 2 2 3 3 * x a z x tg a y + = (5.1.) Algoritm blok – sxеmasi Misol. Uchta m, n, k sonlar berilgan. m va n sonlar kvadratlari yig’indisini, m va k sonlar ayirmasining modulini hisoblash algoritmini tuzing. Yechim. Algoritmda boshlang‘ich qiymatlar o‘rniga ularning nomlari ishtirok etishi mumkin va bu algoritmning ommaviylik xossasiga aloqadorligini bildiradi. Bu masalada ham sonlar guruhi m, n, k nomlari bilan berilmoqda va uning joiz boshlang‘ich qiymati ixtiyoriy haqiqiy son bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, algoritmda turli nomlar ishtirok etishi va ular boshlang‘ich qiymatlar va natijalar nomi bo‘lishi ham mumkin. Bu masala algoritmini ikki xil usulda: so‘zlar yordamida va grafik shaklda tuzamiz: Boshlash a=0.59, x=2.1 z=-4.8 Y Tamom 1. Boshlansin; 2. m,n,k qiymatlar kiritilsin; 3. m va n sonlar kvadratlari yig’indisini S deb olib hisoblansin; 4. m va k sonlar ayirmasining modulini P deb olib hisoblansin; 5. Natijalar sifatida S va P yozilsin; 6. Tugallansin; Topshiriq savollari: 1. Rezervuar silindr va konus birlashmasidan yasalgan. Silindrning diametri uning balandligiga hamda konus diametriga teng. Konusning balandligi esa uning radiusiga teng bo’lsa, rezervuar hajmini hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 2. Rezervuar silindr va konus birlashmasidan yasalgan. Silindrning radiusi uning balandligiga hamda konus radiusiga teng. Konusning balandligi esa uning radiusi yarmiga teng bo’lsa, rezervuar hajmini hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 3. K! ni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 4. N! ni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 5. (K-1)! ni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 6. (m+n)! ni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 7. (a+b+c)! ni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 8. Berilgan t [°C] ni T [K] ga o’tkazishni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok- sxema yordamida tuzing. 9. Berilgan T [K] ni t [°C] ga o’tkazishni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok- sxema yordamida tuzing. m,n,k Boshlash S=m 2 +n 2 ; P=|m-k|; S, P Tugatish 10. R1,R2,R3 qarshiliklar berilgan bo’lsa, ularni ketma-ket va parallel ulashdagi umumiy qarshiliklarni hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 11. R1,R2,R3 qarshiliklar berilgan bo’lsa, ularni ketma-ket ulashdagi umumiy qarshiligining R1 va R3 ga nisbatini hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. 12. R1, R2, R3 qarshiliklar berilgan bo’lsa, ularni parallel ulashdagi umumiy qarshiligining R2 va R3 ga nisbatini hisoblash algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida tuzing. Download 16.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling