1-amaliy mashg’ulot asosiy termodinamik holat parametrlari


Download 93.2 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi93.2 Kb.
#1173293
  1   2
Bog'liq
1-a (копия)


1-AMALIY MASHG’ULOT
Asosiy termodinamik holat parametrlari.
Moddalar odatda quyidagi uchta asosiy holatning bittasida bo‘ladi: gaz, suyuqlik va qattiq jism ko‘rinishida. Bitta jismning o‘zi, bitta moddaning o‘zi turli sharoitlarda turli holatlarda bo‘lishi mumkinligi muqarrardir. Tekshirilayotgan modda berilgan o‘zgarmas sharoitlarda har doim bitta xolatdagina bo‘ladi, masalan, suv atmosfera bosimi va 400° C temperaturada suyuq xolatda ham qattiq modda ko‘rinishida ham bo‘lmaydi balki faqat bug‘ ko‘rinishida bo‘ladi.
Termodinamik sistemaning fizikaviy holatini aniqlab beruvchi fizik kattaliklar holat parametrlari deb ataladi. Agar sistemaning termodinamikaviy holati o’zgartirilsa, ya‘ni issiqlik keltirilsa yoki olib ketilsa, gazni siqilsa yoki unga kengayish uchun imkon berilsa, u holda ko’rib chiqilayotgan sistemaning ba‘zi yoki barcha parametrlari o’z kattaligini o’zgartiradi.
Holat parametrlaridan eng qulayi va shuning uchun ham eng ko‘p tarqal- gani jismning absolyut harorati, absolyut bosimi va solishtirma hajmi (yoki zichligi) dir.
1. Eng muxim parametrlardan biri absolyut temperaturadir. Temperatura jismning issiqlik holatini xarakterlaydi. Issiqlikning faqat ko‘proq qizdirilgan joydan kamroq qizdirilgan joygagina, ya’ni yuqori temperaturali joydan past temperaturali joyga o‘z-o‘zidan o‘tishi tajribadan juda yaxshi ma’lum. Shunday qilib, jismlar temperaturasi bu jismlar orasida issiqlikning o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin bulgan yo’nalishini aniqlaydi. Temperatura termometrlar yordamida o‘lchanadi.
Harorat. Harorat deb jismni isiganlik darajasini aniqlovchi kattalikka aytiladi. Molekulyar – kinetik nazariyaga asosan jismning isiganlik darajasi (harorati) shu jism molekulalari xaotik harakatining tezligiga bog‘liq. Jismga issiqlik berilsa, molekulalarning xarakat tezligi ortadi. Bunda jism qiziydi, ya’ni uning harorati ko‘tariladi. Issiqlik olib ketilsa, molekulalarning xarakat tezligi kamaya boshlaydi, ya’ni jism soviydi. Uning harorati pasayadi.
Shunday qilib, shu jismning (gazning) harorati gaz molekularining o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda harorat energiya birligida o‘rganishi kerak. Lekin texnikada bu usul noqulay.
Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz fizik olimi Kelvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining harakati to‘xtaydigan harorat qabul qilingan. Bu harorat – absolyut nol deyiladi. Selsiy shkalasi bo‘yicha absolyut nol – 273,15 С ga teng bo‘ladi. Kelvin shkalasi bo‘yicha hisoblangan harorat hamisha musbat bo‘ladi. U absolyut harorat deyiladi va «Т» bilan belgilanadi.
Amalda ko‘proq Selsiy shkalasidan ham foydalaniladi. Bu shkalaning sanoq boshi qilib suvning uchlamchi nuqtasi qabul qilingan (aniqrog‘i 0,01 С yoki 273,16 K). Absolyut shkala bo‘yicha olingan harorat bilan quyidagicha bog‘langan:
Т = t + 273,15 (1.1)
Hozirgi vaqtda texnikaviy xisoblarda Farengeyt, Resmgar va Renkin shkalalaridan ham foydalanish mumkin. Harorat shkalalari 1-jadvalda keltirilgan.

Download 93.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling