1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Gaz taqsimlash mexanizmining ishlash tartibini o‘rganish


Download 65.7 Kb.
bet14/16
Sana12.10.2023
Hajmi65.7 Kb.
#1699964
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)

Gaz taqsimlash mexanizmining ishlash tartibini o‘rganish. 
Tirsakli val shesternyalar orqali taqsimlovchi valni aylanma harakatga
keltiradi (1-a rasm). Taqsimlash vali bo‘rilayotganda uning kulachogi (9)
(1-rasm) turtkichni (8) ko‘taradi, u bilan birgalikda shtanga (7) ko‘tarilib
pastki uchi turtkichga (8) tiraladi, ustki uchi esa rostlash vinti (6) orqali
shayinga (5) tiraladi. SHayin o‘z o‘qi atrofida buraladi va klapanni (3)
pastga bosadi. Buning natijasida silindrlar kallagidagi teshikcha ochiladi,
oldindan kisilgan prujina (4) (klapanni yopiq holatda ushlab turish uchun)
yanada kuproq siqilish kuchi ortadi.
Agar turtkich kulachokni eng uchida turgan holatda bo‘lsa klapan
to‘liq ochiq bo‘ladi. Taqsimlash valining buralishi davom etishi bilan
turtkich pastga tusha boshlaydi, prujinaning ta’siri tufayli klapan berkila
boradi. Kulachokning uchi turtkichning tagidan chiqishi bilan klapanga
shayin tomonidan bosim yo‘qoladi va prujinaning kuchi tufayli klapan
silindrlar kallagidagi teshikchani zich berkitadi.
Klapan yon tomonda joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi ham
xuddi shu tartibda ishlaydi, lekin uning konstruksiyasi soddaroq (1-b
rasm), chunki oraliq, shesternya shtanga, shayin va shayin o‘rnatuvchi
detallar bo‘lmaydi. Harakat turtkichdan tuppa to‘g‘ri klapanga
o‘zatiladi. SHu turdagi gaz taqsimlash mexanizmining yana bir afzalligi:
ishlashi nisbatan shovqinsiz bo‘ladi.
Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmini 
rostlash tartibi:
Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmining tirqishi



qo‘yidagi tartibda rostlanadi. Dastlab silindrlar kallagidagi shpilkaning


gaykasini, shayin tayanchini tortilishini tekshirib, kerak bo‘lsa ularning
gaykalarini tortish zarur. Tirsakli valni aylantirib, birinchi silindrning
porshenini siqish taktida yuqori turish nuqtaga qo‘yiladi. SHup yordamida
birinchi silindrning kiritish va chiqarish klapanlarining haqiqiy tirqishi
tekshiriladi. Tekshirilgan paytda qoldirilgan tirqish oralig‘idan kichik kuch
yordamida o‘tishi zarur. Tirqishni rostlash uchun vinti otvertka bilan ushlab
turib, kontrgaykani yumshatamiz, undan keyin kontrgaykani kalit
yordamida ushlab turib, rostlash vintini burab kiritamiz (agarda tirqishni
kamaytirish kerak bo‘lsa) yoki bo‘rab chiqaramiz (agarda tirqishni katta
qilish kerak bo‘lsa).
Tirqishni kerakli qiymatda o‘rnatib, vintni kontrgayka bilan qotiramiz va
yana tirqishning qiymatini ulchaymiz.
Birinchi silindrni rostlash tugatilgandan so‘ng, dvigatelning boshqa
silindrlaridagi klapanlarini tirqishini rostlaymiz, keyingi silindrni
klapanlarini rostlash uchun dvigatelni ish tartibiga qaraymiz.

Download 65.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling