1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari
Download 222.98 Kb.
|
9-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari
9-mavzu. Ko‘p yo‘lli uchastkalaridagi oraliq bekatlari. Oraliq bekatlarda yo‘llovchi va yuk inshootlari Reja 1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari 2. Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari 3. Oraliq stansiyalarda yuk inshootlari 4. Oraliq stansiyalarni chizish tamoyillari 1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi, yuk va tijorat ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlarni bajarish uchun quyidagi texnik qurilma va inshootlar bo‘lishi kerak: bosh, qabul qilish-jo‘natish, tortish yo‘llari, zaruratga qarab korxona shoxobcha yo‘llarining ulanishi, ehtiyot va tutib qoluvchi berk yo‘llar, stansiya navbatchisining, strelkachilarining xonasi, kirish va chiqish signallari, qo‘shni stansiyalar va poezd dispetcheri bilan aloqa vositalari va boshqalar. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish uchun stansiyalarda yo‘lovchi binosi, platformalari va ularni o‘zaro bog‘lovchi ko‘prik yoki tonnel kabi o‘tish yo‘laklari, bagaj omborxonalari, suv ta’minoti inshootlari va shu kabilar loyihalanadi. Yuk ishlarini bajarish uchun umum foydalanuvli yopiq omborxonalar, usti yopiq va ochiq platformalar, konteyner va to‘kma yuk maydonlari, ortish-tushirish yo‘llari, yuk mexanizmlari va inshootlari loyihalanadi. Ularning barchasi avtomobil yo‘llari orqali qulay bog‘langan bo‘lishi kerak. Umuman, oraliq stansiyalardagi barcha inshootlarni quyidagicha guruhlash mumkin: – yo‘l tarmoqlari – bosh yo‘llar, qabul qilish-jo‘natish, ortish-tushirish, chiqarib qo‘yish, tortish va ehtiyot berk yo‘llari; – yo‘lovchi inshootlari – yo‘lovchi binosi (YB), platformalar, yer osti yo‘laklari, piyodalar uchun ko‘prik yoki o‘tish yo‘laklari, bagaj bo‘limi va sh.k.; – yuk inshootlari – yuk nohiyasi, yopiq ombor, idishli – o‘rovli va donali yuklar uchun yopiq va ochiq platformalar, konteyner maydonchasi, chorpoyali kran, ortish-tushirish mexanizmlari, avtomobil yo‘llari kabilar; – SMB qurilmalari (B – muhosaralash) – markazlashtirish posti jihozlari, tagzaminga (polga) o‘rnatiladigan qurilmalar (kabel tarmoqlari, relsli zanjirlar, markazlashtirilgan strelkali o‘tkazgichlarning elektrli uzatmalari, kirish, chiqish va manevr svetoforlari kabilar; – umumiy qurilmalar – ma’muriy binolar va inshootlar (EM postlari, xo‘jalik bo‘limlari va shu kabilar); elektr, aloqa, yoritish, kanalizatsiya (oqava), suv va issiqlik ta’minoti qurilmalari; avtomobil yo‘llari, piyoda yo‘laklari va boshqalar. Oraliq stansiyalarda yoritish tarmoqlari, ma’muriy-texnik binolar, savdo xonalari va vokzal oldi maydonlarini loyihalash nazarda tutiladi. Yo‘lovchi binosi tomonidan stansiya uchun ajratilgan maydon chegarasida odatda temir yo‘l, shu jumladan stansiya xizmatchilari uchun turar joylar yoki qo‘rg‘onlar quriladi. Yangi temir yo‘l liniyalarida oraliq stansiyalarni joylashtirishda ular orqali xizmat ko‘rsatiladigan hudud, yirik aholi punkti va korxonalarga xizmat ko‘rsatishning qulayligi hisobga olinishi kerak. Zamonaviy taraqqiyot davrida avtomobil transporti rivojlanishini hisobga olib, mahalliy yuk ishlarini kam sonli, texnik jihatdan yuqori jihozlangan, rivojlangan oraliq stansiyalarda konsentrlashtirish maqsadga muvofiq. Buning natijasida ortish-tushirish mexanizmlarini ishlatish unumdorligi oshadi (yuk ishlari kecha-kunduz tashkil qilinishi mumkin), terma poezdlarning uchastkalarda yuradigan umumiy vaqti tejaladi, vagon aylanishi va yuklarni yetkazib kelish tezlashadi. Oraliq stansiyalarni yangi yo‘llarda joylashtirishda avtomobil yo‘l tarmoqlarining rivojlanishini ko‘zda tutish kerak. Oraliq stansiyalar orasidagi masofa 40 - 60 km atrofida, mahalliy sharoitlarga qarab ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda mavjud stansiyalar orasidagi masofa 15 - 20 km dan oshmaydigan holatlar ko‘p. Yuk inshootlarini rekonstruksiya qilishda umum foydalanuvli yuk hovlilarining ishini kam sonli stansiyalarda bajarish maqsadga muvofiq. Oraliq stansiyalar temir yo‘l tarmoqlaridagi stansiyalarning eng ko‘pini tashkil etadi. Har bir oraliq stansiyaga u xizmat ko‘rsatadigan ma’lum iqtisodiy hudud yondoshadi. Oraliq stansiyalarda terma poezdlardan vagonlar ajratiladi, jo‘natiladiganlari tirkaladi, yuklar ortiladi va tushiriladi. Har bir ortilgan vagon uchun stansiyada tashish hujjatlari (nakladnaya, dorojnaya vedomost, vagonnыy list), ayrim yuklar uchun esa tegishlicha sertifikatlar rasmiylashtiriladi. Yuk ishlarini bajarish uchun ish hajmi va xarakteriga mos bo‘lgan yuk qurilmalari mavjud bo‘ladi. Omborxonalar va platformalar uzunligi bir sutka davomida keladigan vagonlar soniga qarab hisoblanadi. Stansiyalarning yuk aylanmasi katta bo‘lmasa yopiq omborxona va yopiq platformasi bo‘lgan umumiy uzunligi 40 m hamda to‘kma yuklar uchun 30 m maydonchasi bo‘lgan kombinirlashgan seksiya quriladi. Konteyner maydonchasining o‘lchamlari ish hajmi va mexanizm turiga bog‘liq bo‘ladi. Avtoyuklagich va chorpoyali, ikki konsolli, ko‘prikli va relsli yo‘l bo‘ylab yuruvchi strelali kranlar konteyner va og‘ir yuk maydonchalari uchun asosiy mexanizmlar sifatida qo‘llanadi. Download 222.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling