1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari


Stansiya maydonining uzunligi eng kam qiymatga yaqin


Download 222.98 Kb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi222.98 Kb.
#1354070
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Ma\'ruza

Stansiya maydonining uzunligi eng kam qiymatga yaqin (9.5-rasm).

Ushbu ko‘rinishdagi oraliq stansiyani loyihaviy chizish quyidagicha tavsiya etiladi:
a) stansiyaning toq strelkali bo‘g‘zi chiziladi;
b) bosh yo‘l bo‘ylab yo‘lovchi poezdlari uchun yo‘lning foydalanish masofasini qo‘yib juft yo‘nalishning markaziy bo‘g‘zi (12 - strelkali o‘tkazgich) loyihalanadi. Ushbu bo‘g‘izdan juft yo‘nalishning kirish bo‘g‘ziga yuk poezdlari uchun yo‘lning foydalanish masofasini qo‘yib o‘tiladi;

9.5-rasm. Stansiya maydoni uzunligini eng kam talab etuvchi, qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmasi

v) toq yo‘nalishning kirish bo‘g‘zidan markaziy bo‘g‘izga ostki (5) yo‘l bo‘ylab yuk poezdlari foydalanish masofasini qo‘yib o‘tiladi. Bunda juft va toq yo‘nalishlarning markaziy bo‘g‘izlari o‘zaro bog‘lanmay alohida loyihalanishi mumkin.



  1. Yo‘lovchi va yuk poezdlari yo‘llarining foydalanish masofasi bir-biriga yaqin bo‘lganda markaziy bo‘g‘izning strelkali ulanishlari o‘zaro qo‘shilib ketib yagona bo‘g‘izga aylanishi mumkin.



Stansiya maydoni uzunligi minimal qiymatdan uzun, ammo bo‘ylama tur uchun yetarli emas (9.6-rasm).



9.6-rasm. Stansiya maydoni uzun, ammo bo‘ylama tur uchun yetarli bo‘lmagan holatda qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmasi




Ushbu holatda oraliq stansiya chizmasi bo‘ylama turga yaqinlashib qoladi va katta uzunlikdagi (birlashgan qo‘shma poezd uzunligiga yaqin) yuk poezdlarini o‘tkazishga imkon yaratadi. Stansiya bo‘ylama turga aylanishi uchun 28/30 strelkali s’ezdi va 2 - yo‘lning tegishli foydalanish masofasi yetishmaydi. Chizmada markaziy bo‘g‘izning strelkali ulanishlari yagona bo‘g‘iz sifatida loyihalanadi.
Download 222.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling