1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari
Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari ketma
Download 222.98 Kb.
|
9-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiyani chizish
Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari ketma - ket joylashgan bo‘ylama turdagi oraliq stansiyani chizish
9.4-rasm. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari ketma-ket joylashgan bo‘ylama turdagi oraliq stansiya chizmasi Bo‘ylama turdagi oraliq stansiyani (9.4-rasmdagi misolda) loyihaviy chizish tartibi quyidagicha tavsiya etiladi: a) avval stansiyaning toq yo‘nalish strelkali bo‘g‘zi loyihalanib chiziladi, keyin eng qisqa 3 - qabul qilish-jo‘natish yo‘li orqali stansiyaning markaziy bo‘g‘zi loyihalanib chiziladi; b) bo‘ylama turdagi oraliq stansiyaning markaziy bo‘g‘zi barcha qabul qilish-jo‘natish yo‘llaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri, qayta yurishlarsiz qarama - qarshi tomon yo‘llariga o‘tish imkonini berishi kerak. Buning uchun chizmada punktir bilan ko‘rsatilgan strelkali o‘tkazgichni qo‘yish kerak bo‘ladi. Stansiyaning ishlash texnologiyasida bunday harakatlar uchun ehtiyoj juda kam bo‘ladi. Ushbu ko‘rinishli chizmalarda (agar 12- va 20 - strelkali o‘tkazgichlar bo‘lmasa) birlashgan yoki uzaytirilgan yuk poezdlarini ikki tomondan o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. Temir yo‘llarda katta uzunlikdagi poezdlarni o‘tkazishga ehtiyojining tez-tez sezilishini hisobga olib 12 - strelkali o‘tkazgich va 18/20 s’ezdli ulanishni loyihalash stansiyada uzaytirilgan poezdlarni o‘tkazishga hamda ayrim hollarda 2- yo‘ldagi juft yo‘nalish poezdlari tarkibining bosh qismida bir guruh vagonlarni ajratib ular o‘rniga jo‘natiladigan boshqa guruh vagonlarini ulashga imkon yaratadi; v) markaziy bo‘g‘iz loyihalanib chizilgandan so‘ng 2- yo‘lning foydalanish masofasini qo‘yib stansiyaning juft yo‘nalish kirish bo‘g‘zidagi 2 - strelkali o‘tkazgich loyihalanadi. Oraliq stansiyalarni bir va ikki yo‘lli liniyalarda loyihalash ketma-ketligi yuqorida bayon etilgan tartibda olib borilishi mumkin. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiyani chizish Yarim bo‘ylama turdagi oraliq stansiyalar bo‘ylama tur uchun yetarli uzunlikda maydon bo‘lmaganda quriladi. Yarim bo‘ylama turdagi stansiyalarning ishlash xususiyatlari bo‘ylama turga yaqin. Bunday stansiyalarda uzaytirilgan yuk poezdlarini o‘tkazish mumkin, ammo birlashgan qo‘shma poezdlar uchun stansiya yo‘lininng uzunligi yetarli bo‘lmaydi. Yarim bo‘ylama turdagi stansiya uchun ikki xil uzunlikda stansiya maydoni berilishi mumkin. Download 222.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling