1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari
Oraliq stansiyalarda yuk inshootlari
Download 222.98 Kb.
|
9-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Oraliq stansiyalarni chizish tamoyillari
- Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari parallel joylashgan ko‘ndalang turdagi oraliq stansiyani (9.2-rasm) chizish
3. Oraliq stansiyalarda yuk inshootlari
Oraliq stansiyalarda yuk ishlarini bajarish uchun umumfoylanishli yopiq omborxonalar, yopiq va ochiq platformalar, konteynerlar va to‘kma yuk maydonchalari (9.1-rasm) quriladi. Ushbu qurilmalar odatda yuk nohiyasi deb yuritiladigan alohida hududda joylashgan bo‘lib, u yerda avtomobillar turish hovlisi, yukchilar xonasi, yo‘l tarmoqlari va sh.k., ayrim stansiyalarda temir yo‘l ichida joylashgan omborxonalar, neft bazalari ham quriladi. 9.1-rasm. Oraliq stansiyada joylashgan yuk hududining ko‘rinishi: 1 – yopiq ombor; 2 – yopiq platforma; 3 – ochiq platforma; 4 – pandus; 5 – konteyner maydoni; 6 – chorpoyali kran; 7 – yuk hududi ishchilarining xonasi; l – yuk inshootlarining uzunligi Yopiq (beton yoki g‘ishtli omborxona) va ochiq omborxonalar namunaviy loyihalar asosida quriladi. Omborxona kengligi 12, 18 va 24 m, rampa kengligi temir yo‘l tomondan kamida 3 m va avtomobil kelishi tomondan kamida 1,5 m qilib quriladi. Omborxonalar va platformalar uzunligi sutka davomida tushiriladigan vagonlar soniga qarab hisoblanadi. Yuk ishlari katta bo‘lmagan yangidan qurilgan oraliq stansiyalarda odatda bitta yagona kombinirlashgan omborxona seksiyasi qurilib u yopiq platformalar va to‘kma yuk maydonchalarini o‘z tarkibiga oladi. 4. Oraliq stansiyalarni chizish tamoyillari Yuqorida qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining o‘zaro joylashishiga qarab oraliq stansiya chizmalarining uch xil farqlanishi takidlangan edi, ya’ni: – yo‘llari parallel joylashgan ko‘ndalang turdagi stansiyalar; – yo‘llari ketma-ket joylashgan bo‘ylama turdagi stansiyalar; – yo‘llari o‘zaro siljitib joylashgan yarim bo‘ylama turdagi stansiyalar. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari parallel joylashgan ko‘ndalang turdagi oraliq stansiyani (9.2-rasm) chizish 9.2-rasm. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llari parallel joylashgan ko‘ndalang turdagi oraliq stansiya chizmasi Ko‘ndalang turdagi (9.2-rasm) oraliq stansiyalarni quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi: a) stansiyaning bir tomon (masalan, toq yo‘nalish I bo‘g‘iz) strelkali bo‘g‘zi chiziladi. Uni chizishda kirish signalidan birinchi strelkali o‘tkazgichning o‘ng tomonli yoki strelkaga krestovina tomonidan kirib keladigan bo‘lishiga erishish kerak. Birinchi strelkali o‘tkazgichning chap tomonli bo‘lishi yaqinlashib kelayotgan poezd mashinisti uchun asabiy zo‘riqish chaqiradi. Buni 13.9-rasmdagi misolda tushinish oson. 9.3-rasm. Stansiyaga kirib kelishda boshlang‘ich strelkali o‘tkazgichlarning joylashishi: a) tavsiya etilmaydigan noto‘g‘ri chizma; b) to‘g‘ri chizma A dan I yo‘lga toq yo‘nalish poezdi va 2-yo‘lga juft yo‘nalish poezdi baravariga qabul qilinganda 2-poezdning chiqish signaligacha sekinlashgan harakat bilan kelishi 1-poezd mashinisti e’tiborining zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Chunki qarama-qarshi harakatdagi ikki poezdning boshqa yo‘l bo‘ylab ajralib ketgunicha bo‘lgan eng qisqa masofa (lmin) bir strelka uzunligi bilan chegaralanadi. Bu esa mashinistni beixtiyor bezovtalanishga, asabiy zo‘riqishga tortadi. 2b-rasmdagi holatda esa oraliq masofa lmin ikki strelka uzunligidan oshadi va poezdlar harakati ancha ilgari ajralib o‘z yo‘lini o‘zgartiradi. Umuman temir yo‘llarda harakatning o‘ng tomonliligi poezdni boshqaruvchi mashinistlarning o‘ng tomonli yo‘l ulanishlariga moyillik tuyg‘ularini hosil qiladi; b) qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining eng qisqasi bo‘yicha foydali uzunlik miqdori (lf) qo‘yilib stansiyaning ikkinchi bo‘g‘zini chizishga o‘tiladi. 9.2-rasmdagi chizmada 2- va 4 - yo‘llarning foydalanish uzunligini ko‘z bilan chamalab farqlash qiyin. Shuning uchun yo‘llarning biri, masalan 2 - yo‘l bo‘ylab o‘ng tomon bo‘g‘zini loyihalab 4 - strelkali o‘tkazgich markazi orqali barcha bo‘g‘iz elementlari loyihalanadi. Keyin esa 4 - yo‘l orqali orqaga, chap bo‘g‘izga o‘tilib ular orasida 4 - yo‘l foydalanish masofasining me’yoriy uzunlikdan kam emasligini tekshirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Agar bo‘lsa u holda stansiyaning o‘ng tomon strelkali bo‘g‘zini 4 - yo‘l orqali qayta loyihalash kerak bo‘ladi; v) stansiya yo‘llarining foydalanish masofasi toq va juft yo‘nalishlar bo‘yicha farqlanishi mumkin va ularning qiymati yo‘llarning SMB tizimlari bilan uskunalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday hollarda stansiyaning eng qisqa qabul qilish-jo‘natish yo‘lining uzunligi yo‘llarning me’yoriy foydalanish masofasidan kam bo‘lmasligi kerak. Temir yo‘l liniyalari murakkab tog‘li hududlar orqali o‘tganda poezdlarning me’yoriy vazni toq va juft yo‘nalishlarda o‘zaro farqlanishi mumkin. Shu kabi ularning uzunligi, ya’ni qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining foydalanish masofasi ham har xil bo‘lishi mumkin va ular oraliq stansiyalarni loyihalab chizishda e’tiborga olinishi kerak. Download 222.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling