18-Mavzu: Oraliq birikma va kardan uzatmalari konstruksiyasi
Reja:
1.
Oraliq birikmalarning vazifasi
va turlari
2.
Bikr, yarim bikr va elastik muftalar
3.
Kardan
uzatmalarning vazifasi, turlari
4.
Bir xil va xar xil burchak
tezlikli kardan uzatmalari, ularning asosiy elementlari
Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari va ishlash uslubi.
Avtomobilning yetaklovchi ko'priklari ramaga yoki kuzovga osmalarning elastik
elementlari yordamida o'rnatiladi va harakatlanish chog'ida ko'priklar o'z holatini mahkamlangan
joyga nisbatan o'zgartirib turadi. Bunday sharoitlarda uzatmalar
qutisidan yetaklovchi
ko'priklarga aylantiruvchi momentni uzatish uchun kardanli uzatmalar qo'llaniladi. Ulardan
oldingi boshqariladigan va yetaklovchi bo'lgan g'ildiraklar yuritmalarida ham foydalaniladi.
Yetaklovchi ko'prikka ulanadigan kardanli nzatma kardanli val, sharnirlar va oraliq tayanchdan
iborat. Kardanli sharnirlar aylantiruvchi momentni o'qlari o'zgaruvchan
burchak ostida
kesishuvchi vallar orasida uzatilishini ta'minlaydi. Avtomobillar transmissiyasida burchak
tezliklari bir xil va bir xil bo'lmagan bikr (qo'zg'almas qilib mahkamlangan) kardanli sharnirlar
ishlatiladi.
Burchak tezliklari bir xil bo'lmagan kardanli sharnir bikr elementlardan (rasm, a),
ya'ni yetaklovchi (1) va yetaklanuvchi (4) ayridan, turumlariga ninali podshipniklar (2)
kiygazilgan krestovinadan (chorbarmoqdan) (2) tashkil topgan. Aylantiruvchi moment ayridan
(1) ayriga (4) krestovina (2) orqali uzatiladi.
Bunday konstruksiyada, yetaklovchi val ayrisi bir
tekis aylanganda yetaklanuvchi ayrining burchak tezligi har bir to'liq aylanishda ikki marta, ham
ozayib, ham ko'payib, o'zgarib turadi. Shuning uchun bunday sharnir
burchak tezliklari bir xil
bo'lmagan sharnir deb ataladi.