Bola yetaklovchi
Download 14.7 Kb.
|
8-mavzu
Pedagog- (yun.— παιδαγωγός bola yetaklovchi) — pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs. malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi; davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; o‘quv metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. Adaptatsiya (ko‘nikish) - Shaxs yoki guruhning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish, moslashish jarayoni. Iqtisodiy ta’lim - Ijodkor shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy bilim, ko‘nikma, malakalarni uzluksiz va izchil o‘zlashtirishga yordam beruvchi, shaxs ehtiyoji hamda imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli uslub, reja va dasturlar, metodikalar yordamida iqtisodiy bilim berish uchun maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Mashg‘ulot o‘tkazishning faol shakllari – Talaba va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro ta’sir etishini muhokama qilishiga mo‘ljallangan ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari. Ma’naviyat - Arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui, “ma’no” yoki “ma’naviyatun”, “ma’naviy g‘oya” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ruhiy holat” degan ma’noni anglatadi. Kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy tasavvurlar, tushunchalari yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadilar. Tabiat - Eng muxim estetik tarbiya vositasidir. Shaxsning aqliy sifatlari - Shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi, uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘lishi. Bu darajaga olib boruvchi sifatlar: bilag‘onlik, ob’ektivlik, fikrlovchilik. Download 14.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling