1-variant maktabgacha ta’lim


Download 35.98 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi35.98 Kb.
#1108891
  1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya


1-VARIANT

  1. Maktabgacha ta’lim

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’lim ga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’lim ga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.

  1. Oila, ota-onasiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat

Oila – jamiyatning kichik yacheykasi va uning ma’nosini hech kichraytirib bo‘lmaydi. Oilasiz bironta millat ham, jamiyat ham taraqqiy etmagan. Kelajakni ham biz oilasiz tasavvur eta olmaymiz. Har bir inson uchun oila hayotning boshlanishi. Baxt so‘zini ham avvalo oila bilan bog‘laymiz: kimki o‘z oilasi bag‘rida bo‘lsa, u baxtlidir. Oila – jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim.
Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, birbiriga nisbatan ezgulik bilan mehroqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talabehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindoshurug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarning omonesonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavxaridir.
3. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korrektsion ishlar tamoyillari va metodlari. Rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar maxsus, korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tcgishli muassasaga joylashtirish, korrektsion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan sonli va sifatli ko’rsatkichlarini aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o’qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion- rivojlantiruvchi sinflami tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy- pedagogik komissiyalar (PMPK) shug’ullanadilar. Bu borada mutaxassislaming quyidagi tamovillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamovili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o’rganish tamovili bolaga tashhis qo’yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan ma’lumotlarga tan ish ni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamovili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o’rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning «yaqin rivojlanish zonasi» - bolalarning o’qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamovili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani echish uchun tanlangan yo’lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma- ketligi, maqsadga erishishdagi qat’iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma’lum turdagi patologivali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan airatish tamovili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
Rivojlanishida maviud bo’lgan chetlanishlar daraiasiaa ko’ra differensatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ulami o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa ko’rish asosida o’qitiladi).
Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Oila va mahallada umuminsoniy institutlar
Respublikamizda bir yuz o‘ttizga yaqin millat va elat vakillari hamjihat yashab, O‘zbekiston mustaqilligi ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Mamlakatimizda aholining ko‘pchiligini – 85 foizini o‘zbek millati tashkil etadi. Uzoq yillik tarixiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi oilaga juda kaatta e’tibor berib kelgan. Yer kurrasida yashovchi turli xalqlar va millatlar har birining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgani kabi ularning oilaviy hayotida ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjuddir.
O‘zbek oilasi serfarzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Oilaga sharqona, o‘zbekona sodiqlik, o‘tgan yetti pushtini bilish, otaona, qarindoshurug‘, keksalarga hurmat, yoshlarga mehribonlik, oila a’zolari, erxotin va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar g‘oyat katta bo‘lib, ularda kishilar jamoa asosida yashab kelganlar.
O‘zbek oilasi ornomusli, ahil oiladir. Shuning uchun u o‘zining milliy qiyofasini yo‘qotmagan holda butun oilaning sha’ni, obro‘sini saqlash uchun ma’suliyat bilan ish tutadi. Er oila posboni, uning boquvchisi xisoblansa, xotin uning ko‘rki, fayzi barokatidir. Ularning umr gulshanlari qobil farzandlaridir.
Oila – jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim. Oilaning ijtimoiy maqomi uning jamiyatdagi moslashuvchanlik darajasini belgilaydi va quyidagi to‘rt jihatni o‘zida aks ettiradi:
1. Oilaning ijtimoiyiqtisodiy darajasi – oilaning moddiy holatini daromadlari, turmush darajasi, moddiy jihatdan tukinligini ifodalaydi (oilaning daromadi yuqori, o‘rtacha va past bo‘lishi mumkin).
2. Oilaning ijtimoiyruhiy holati oilada sog‘lom yoki nosog‘lom psixologik muhit mavjudligini anglatadi; oiladagi sog‘lom psixologik muhit oila a’zolarining birbirlari bilan yaqinliklari, o‘zaro hamkor, hamfikr va teng huquqli ekanliklarini anglatsa, nosog‘lom psixologik muhit esa aksincha, oilada janjalnizolarning ko‘pligi, oila a’zolarining birbirlariga nisbatan mehrli, oqibatli emasliklarini ko‘rsatadi.
3. Oilaning ijtimoiymadaniy darajasi oila a’zolarining axloqi, atrofdagilar bilan munosabati, ma’lumotlilik darajasi, kasb yoki hunar egasi ekanliklari, oilaning muayyan an’anaga egaligi, oila a’zolarining qiziqishlari, ma’naviy ehtiyojlari, maishiy hayotni birgalikda tashkil etishlarini ifodalaydi.
4. Oilaning vazifaviy holati (vaziyatlirolli maqomi) oilada otaonalar, farzandlarning o‘zlariga yarasha vazifalari mavjudligini, ularning mehnat taqsimotidagi ishtiroklari, oila xo‘jaligini tashkil egishdagi ishtiroklarini belgilaydi.

  1. Alkogolizm, giyohvandlik-deviantlik xulqi vujudga kelish shakli sifatida

Oligofreniya — bu natal (tug’ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) otShag bo’lishi mumkin. Ekzogen omillarsirasiga onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli tug’ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklari bilan og’rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori- darmonlarni qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlami olishi, ayo’llarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalami is’temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
Tuglishi paytida yoki tug’ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning quyidagi to’rt darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam). o’rtacha og’ir va chuqur darajalar.
Kam darajadagi aqli zaiflik o’quvchilar maktabni bitirish davrida o’zlarining psixometrik va klinik namoyon bo’lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
6. Ta’lim menejmenti tushunchasi
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib etganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.

  • Menejment deganda. odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslaming ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (voki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish. ular bilan hamkorlik qilish iaravonidir.

  • barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;

  • ta’limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo’jalik faoliyat ini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmentining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);

  • menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi.
7. Pedagogik fanlar tizimi

Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funksiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi – obyektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi – tadqiqotchi uchun aniq mo‘ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy.


Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:
pedagogikani obyektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalarning bir xil qo‘llanilishi;
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;
tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;
pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi;
pedagogik fanlar tizimi, ularning o‘zaro aloqasi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’lim ot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
8. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
Butun dunyoda oila instituti inqirozining salbiy ko‘rinishlari, nikohlarning barqaror emasligi, oilaviy ajrimlar sonining ortishi, nikohsiz bolalar tug‘ilishining ko‘payishi, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik hamda keksalarga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lish avj olmoqda. Bunday vaziyatda bu kabi noxush holatlarning oldini olish borasida zaruriy chora tadbirlarni ko‘rish muhimdir. Shuning uchun ham oila institutini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, “Oilamuqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida”, “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirish va tatbiq etish davlatlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Zero, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham oila salomatligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalar sonini kamaytirish, jamiyatda oila asoslarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yosh oilalar uchun munosib uyjoy va ijtimoiy maishiy sharoitlarni yaratish kabi vazifalar belgilab berilgan1. Buning uchun jamiyat va oilada sog‘lom hamda barqaror ijtimoiyma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashning tashkiliy huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish, xotinqizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash kabi qator ustuvor vazifalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
9. Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

Download 35.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling