18-Mavzu: Oraliq birikma va kardan uzatmalari konstruksiyasi Reja


-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnirning ishlash tizimi


Download 324.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi324.89 Kb.
#1335939
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-mavzu

123-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnirning ishlash tizimi: 
1 va 2 - vallar; 3 va 4 -richaglar. 


Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardan sharnirlar avtomobillarning g‘ildiraklari 
boshqaruvchi ham yetoklovchi bo‘lganda ularning yuritmasiga qo‘llaniladi. Chunki 
avtomobilning oldingi g‘ildiraklari boshqaruvchi va yetakchi bo‘lganda yurutmaga kelayotgan 
burovchi momentni gildiraklarilarining burishiga qarab 30
0
-50
0
burchak ostida uzatish bilan 
birga ularni bir xil tezlikda aylantirish lozim. Bu maqsadni bajarish uchun ishlab chiqarilayotgan 
kardan sharnirlar ikki turdagi konstruksiya ko‘rishga ega: sharchali va mushtchali. 
Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan to‘rt shakl «Veys» turudagi kardan sharniri ZIL-131, 
GAZ-66, UAZ-469 avtomobillar turkimiga kiruvchi old ko‘prigi yetakchi bo‘lgan 
avtomobillarda qo‘llaniladi. Val (1) (katta yarim o‘q) yetaklovchi vilka bilan yaxlit tayyorlanib, 
shlitsli uchiga g‘ildiraklarning gupchagi o‘rnatilgan. Uzun yarim o‘q (5) esa yetakchi vilka bilan 
yazlit yasalib, ichki shlitsli uch differensial qutisidagi yarim o‘q shesternasi bilan shlitsli qilib 
biriktirilgan. Vilkalar bir – biri bilan ariqchalar (2 va 4)ga joylashgan to‘rtta yetakchi sharchalar 
(3) yordamida juftlanadi. Vilkalarni bir – biri bilan markazlashtirib tutashtirish uchun ularning 
uchudagi sferik chuqurlariga markaziy sharcha (6) shpilka (7) yordamida mahkamlab 
joylashtiriladi. 
Avtomobil burilganda vilkalarda burovchi moment faqat ikkita sharcha, ya`ni har qaysi vilkadagi 
sharchalardan bittasi orqali uzatiladi. Aylantiruvchi ariqchalar shunday shaklga egaki, ikkita 
yetakchi sharchalar, har bir vilkaning qaysi burchakka burilishidan qat`iy nazar, doimiy vilkalar 
(1va 5)ning o‘qlari orasidagi bissektrisasida yotadi. Shuning uchun vilkalar bir xil burchak 
tezlikda aylanadi. Yengil avtomobilning boshqariluvchi g‘ildiraklari yetakchi bo‘lsa, ularning 
yuritmasiga burchak tezliklari bir xil bo‘lgan sharikli konstruksiyaga ega bo‘lgan ikkita kardan 
sharnir va valdan tarkib topgan kardanli uzatma o‘rnatiladi. 

Download 324.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling