1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1


Kutubxonadagi kartochkali kataloglar kitoblar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.09.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1680965
1   2   3   4
Bog'liq
1-Biznesda axborot tizimlari asoslari.

Kutubxonadagi kartochkali kataloglar kitoblar haqidagi ma’lumotni 
tartiblangan holda saqlash uchun moʻljallangan boʻlib oʻquvchilarga 
konkret kitobni nomi, muallifi, predmeti yoki boshqa koʻplab parametrlari 
asosida tez topishga yordam beradi. 
Biznes-dasturiy ilovalar. Biznesda operatsiyalar, boshqaruv va raqobat 
ustunligi uchun axborot tizimlardan foydalanishining asosiy turlari. 7-bob axborot 
texnologiyalarni marketing, ishlab chiqarish, buxgalteriya hisobi kabi biznesning 
funksional sohalariga qoʻllashni qamrab oladi. 8-bob aksariyat kompaniyalar 
tomonidan foydalanadigan elektron tijorat dasturiy ilovalariga bagʻishlangan boʻlib,
ular internet yordamida tovarlarni sotish va xarid qilish maqsadida ishlatiladi. 
1-rasm. Axborot tizimlardagi biznes dasturiy ilovalarining uchta asosiy rollari. 
 
Biznesda e-biznes roli 
 
Internet va u bilan bogʻliq boʻlgan texnologiyalari va dasturiy ilovalar 
korxonalar va odamlarni ish uslubini oʻzgartirib yubordi, shu bilan birga axborot 
tizimlari biznes jarayonlar, qaror qabul qilish va raqobat ustunligini qoʻllab 
quvvatlashini ham oʻzgartirdi. Shunday qilib bugungi kunda koʻplab kompaniyalar 
oʻzini biznes-jarayonlarini Webga kiritish va innovatsion e-biznes dasturiy ilovalarni 
yaratish uchun Internet texnologiyalaridan foydalanishadi. 
Tranzaksiyalar bilan ishlash tizimlari operatsiyalar, biznes operatsiyalardan 
olingan yozuvlar va berilganlar bilan ishlashni qoʻllab quvvatlash tizimlariga muhim 
misol boʻla oladi. Ular tranzaksiyalar bilan ikkita asosiy yoʻnalishda ishlaydi. 


 
Axborot tizimlari funksiyalari 
Axborot tizimlari va texnologiyalarini muvaffaqiyatli boshqarish biznes 
menedjerlar va mutaxassislari uchun jiddiy muammolarni tugʻdiradi. Shunday qilib,
axborot tizimlarining funksiyalari quyidagilardan iborat: 

Biznes muvaffaqiyati uchun juda muhim hisoblangan biznesni asosiy funksional 
sohasi buxgalteriya hisobi, moliya, operatsiyalarni boshqarish, marketing va 
inson resurslarini boshqarish hisoblanadi. 

Ish samaradorligi, ish unumdorligi, mijozlarga xizmat koʻrsatish va qoniqish 
hosil qilish muhim faktor hisoblanadi. 

Firma uchun tan olingan qiymat manbai. 

Menedjerlar va biznes-professionallar samarali qaror qabul qilishlari uchun zarur 
boʻlgan asosiy axborot manbai. 

Jahon bozorida tashkilotga strategik ustunlik bagʻishlovchi raqobatbardosh 
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishning muhim komponentasi. 

Millionlab erkak va ayollar uchun dinamik, foydali kasbiy imkoniyatlar. 

Zamonaviy 
soha 
korxonalarining 
resurslari, 
infrasturkturasi 
va 
imkoniyatlarining tayanch komponentasi. 

Strategik resurs. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling