1-Amaliy mashg’ulot. C++ tilining obyektlari, qiymat va toifalarini o’zlashtirish. Birinchi oddiy dasturni tashkil etish. Ishdan maqsad


Download 168.95 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi168.95 Kb.
#1260465
Bog'liq
C


1-Amaliy mashg’ulot. C++ tilining obyektlari, qiymat va toifalarini o’zlashtirish. Birinchi oddiy dasturni tashkil etish.
Ishdan maqsad: C++ tilining obyektlari, qiymat va toifalarini o’rganish xamda dasturni shakllantirishda ulardan foydalanish. Dastur bajarilishi davomida yuzaga keladigan xatoliklarni bartaraf etishni o’rganish. Berilgan topshiriqlarni dasturiy yechim to’g’riligini avtomtik testlovchi tizim (http://acm.tuit.uz) yordamida tekshirish.
Masalaning qo’yilishi: C++ tilida “Hello, World!” matnli xabarini chiqarish dasturi tuzilsin. Variant bo’yicha chiziqli algoritmga oid dasturlarni yaratib, ularni http://acm.tuit.uz saytidan ro’yxatdan o’tgan xolatda tekshirilsin.
Ishni bajarish uchun namuna
Oddiy ko’rinishdagi “Hello, World!” habarini chiqaruvchi dastur.
#include "std_lib_facilities.h"
int main() // C++ da dasturlash main funksiyasi yordamida
//amalga oshiriladi
{
cout << "Hello, World!\n"; // "Hello, World!" chiqarish
return 0; // Null qiymat qaytarish
}
Dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizim (http://acm.tuit.uz) dan ro’yhatdan o’ting va murakkab bo’lmagan masalalarni dasturini tuzib, tizimga yuboring. Tizim qabul qilmagan taqdirda yuzaga kelgan hatoliklarni bartaraf eting.
Buning uchun biz internet baruzerni ishga tushirib uning adresslar qatoriga http://acm.tuit.uz manzilini kiritamiz. Shundan so’ng dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizim ishga tushadi:

Tizim asosiy oynasida joylashgan “Ro’yxatdan o’tish” tugmasini bosamiz. Shundan so’ng quyidagi oyna xosil bo’ladi:



Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan namuna bo’yicha foydalanuvchi logini, electron pochta manzili, o’qish joyi (agarda TATU o’qituvchisi yoki talabasi bo’lsangiz Universitetni tanlaysiz, aks holda Boshqa qolgani maqul) va parolni kiritish lozim.


Tizim bilan ishlash bo'yicha tavfsiyalar
Aktivlashish.

  1. Sizga administrator tomonidan login va parol beriladi. Login va parolingizni yozing hamda Kirish tugmasini bosing.

  2. Login va parol orqali tizimga kirganinggizdan keyin to'rtta Masalalar ro'yxati, Masalani jo'natish, Natijalar va Monitor giperko'rsatkichlari paydo bo'ladi. (Bu giperko'rsatkichlarni login va parol yozmasdan oldin ham ko'rish mumkin, lekin ayrim funksiyalari ishlamaydi.)

Masala shartlarini ko'rish
Masalalarni Masalalar arxivi giperko'rsatkichini bosgan holda ko’rishingiz mumkin. Bu masalalar turli mavzularga oid va turli qiyinchilik darajalarida berilgan.
Masalani yechimini tekshirish uchun jo'natish

  1. Masala yechimini jo'natish uchun Masalani jo'natish bo'limiga o'ting.

  2. Ishlagan masalangizni nomini Masala combo box sidan tanlang.

  3. Masalani ishlagan dasturiy tilini Dasturlash tili combo box sidan tanlang.

  4. “Выберите файл” tugmasini bosing va yechim (faqatgina *.cpp. *.c, *.pas. *.dpr, *.java kengaytmali fayllarni) faylini tanlang. Aks holda sizga jarima ballari beriladi.

  5. Jo'natish tugmasini bosing.

  6. Masala yechimi faylini jo'natganinggizdan keyin jo'natilganlikni tasdiqlovchi ma'lumot chiqadi va Siz avtomatik ravishda Natijalar sahifasiga o'tasiz.

  7. Hakamlar tominidan masala yechimi natijalarini kutiing. Kutish davomida Siz boshqa masalani yechishingiz mumkin.



Nazorat savollari

  1. acm.tuit.uz saytida masala yechimini yuborganimizda qanday xatoliklar yuzaga kelishi mumkin?

  2. Yechim fayli deganda nimani tushunasiz?



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Bjarne Stroustrup. Programming: Principles and Practice Using C++ (2nd Edition). Person Education, Inc. 2014. second printing, January 2015.

  2. http://acm.tuit.uz/forum/

Download 168.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling