1-amaliy mashg’ulot Donni tozalash mashinalari va ularni ishga tayyorlash tartibini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 166.52 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi166.52 Kb.
#1188173
Bog'liq
1 Donni tozalash mashinalari va ularni ishga tayyorlash tartibini o‘rganish


1-amaliy mashg’ulot Donni tozalash mashinalari va ularni ishga tayyorlash tartibini o‘rganish
1.Ishning maqsadi: Donni tozalash usullari va agrotexnik talablar, don tozalagichlarning tuzilishi, ishlash jarayoni va uni ishga tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2.Kerakli jihozlar: OS-4,5 don tozalash mashinasi, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari.
3. Ishni bajarish tartibi:

Donni birlamchi ishlov berishda donni tozalash usullaridan foydalanilanib, bu jarayonni amalga oshiradigan ishchi qismlarga ega bo‘lgan don tozalash mashinalarida amalga oshiriladi. Bu ishchi qismlarning ishlash tarzi esa donli aralashma zarralarining ayrim fizik-mexanik xossalari farqiga asoslangan.


Ushbu xossalarga ularning kattaligi (o‘lchami), aerodinamik xossalari, yuzasining holati, shakli, zichligi, qayishqoqligi, mexanik qattikdigi, rangi, elektrofizik xossasi va boshqalar kiradi.
Donga dastlabki ishlov berishda g‘alla kombaynida yanchilgan donlar dala xirmonlarida don tozalash mashinalari yordamida donni tozalash paytida undagi barcha begona qo‘shilmalar, jumladan, poya bo‘laklari, begona o‘t urug‘lari, tosh, kesak va chala yanchilgan boshoq qismlari ajratib olinadi va chiqitga chiqariladi.
Bunda don o‘lchamlari va aerodinamik xossalariga asosan havo va g‘alvirlar yordamida chiqindilardan tozalanadi.
Agrotexnik talablar. Donning tozalanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatgichlar: don maxsulotining tozaligi 90-95%, donning unib chiqish qobiliyati 85-90% ; absolyut yoki solishtirma og‘irligi; o‘lchamlarining bir xilligini ta’minlanishi kerak.
Bugungi kunda donni dastlabki tozalash ishlarida asosan OS-4,5 rusumli don tozalash mashinasidan (3.9-rasm) foydalaniladi.
Mashina rostlash tortkisi 1, tutqi 2, bunker 3, me’yorlagich 4, ta’minlagich jo‘va 5, ikkita vertikal kanal 6, so‘rish va bo‘shatish kamerasi 7 va 8, ventilyator 9, quvur 10, klapan 11, jalyuzalar 12,ssiklon 13, klapan tortqisi 14, kopqoq 15 va chiqish tuynugi 16, har xil o‘lchamdagi Bь B2, V va G galvirlar hamda trierlar 17, 18 va 19 dan iborat.
Mashinada don tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. YUklash transporteri donni kabul qilish kamerasiga 3 uzatadi. So‘ngra donni ta’minlagich jo‘va 5 engil aralashmalar va puch donlardan tozalash uchun havo tozalagichli qismga uzatib beradi. Bu qismda inersion chang ajratkich bilan asosiy massadan engil aralashmalar va chang ajratiladi. Havo okimi bilan ishlov berilgan don g‘alvirga kelib tushadi va teng ikki qismga ajraladi. g‘alvirdan yirik qo‘shilmalar o‘tadi. g‘alvirdan donlar yirik yumaloq ko‘zli oraliq g‘alvir V ga, undan esa yumaloq ko‘zli G g‘alvirga kelib tushadi. Donlar G g‘alvirdan o‘tib B2 g‘alvirda elangan donlar bilan qo‘shilib trierlarga yo‘naltiriladi.

3.9-rasm. OS-4,5 don tozalashmashinasi
(belgilar matnda ko‘rsatilgan)

Mashinaga donni kerakli mikdorda uzatish klapan 4 ni dasta 1 orqali burish bilan amalga oshiriladi. Havo kanalidagi oqim tezligi esa drossel klapani 11 bilan rostlanadi. Agar chiqitga asosiy ekin doni chiqib keta boshlasa, havo oqimi tezligi pasaytiriladi. G‘alvirli tozalash mexanizmi to‘rtta elakdan iborat. Mashina yana ikkita trier bilan ham jihozlangan.


4. Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi, donni tozalash usullari va agrotexnik talablar, OS-4,5 don tozalagich mashinasini tuzilish (3.9-rasm) va ishlash jarayoni ko‘rsatilishi kerak.


Nazorat savollari:


1. Donlarni dastlabki (birlamchi) tozalashdan maqsad nima?
2. Donning qaysi ko‘rsatgichlari bo‘yicha tozalash teshikli g‘alvirlarda
amalga oshiriladi?
3. Donni havo yordamida tozalashda uning qaysi ko‘rsatgichi asosiy qilib olinadi?
4. Donni shakliga qarab tozalash ishlari qaysi turdagi g‘alvir bilan
bajariladi?
Download 166.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling