1-Amaliy mashg’ulot Elektron apparatlarga tashxis qo’yishda foydalaniladigan vositalarni xatoliklarini xisoblash


Download 23.7 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi23.7 Kb.
#1724552
  1   2   3

1-Amaliy mashg’ulot
Elektron apparatlarga tashxis qo’yishda foydalaniladigan vositalarni xatoliklarini xisoblash.
O‘lchash natijasida, odatda o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Ko‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati nom aium boladi va shu kattalikning qiymati o'rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shunchalik yaqin boladiki, ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o’lchash usuli bilan topilgan qiymati o‘lchash natijasi deyiladi. O’lchash natijasi bilan o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o‘lchash xatoligi deyiladi. O’lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o’lchash xatoligi o’lchashning mutlaq xatoligi deyiladi.

bu yerda, AX — mutlaq xatolik; X —o’lchash natijasi; Xh — o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati.
O’lchash mutlaq xatoligining o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati o’lchashning nisbiy xatoligi deyiladi.
O’lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo’linadi.
Muntazam xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o’lchaganda o‘zgarmas bo’lib qoladigan yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o’lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo’ladi, ularni tuzatmalar kiritish bilan bartaraf etish mumkin.
Kattalikni o’lchash natijasida olgan qiymatga muntazam xatolikni bartaraf etish maqsadida qo‘shiladigan qiymat tuzatma deb ataladi. Odatda, muntazam xatoliklar instrumental (o’lchash asboblari), o’lchash usullari, subyektiv (noaniq o‘qish), o‘rnatish, uslubiy xatoliklarga bo’linadi.
Instrumental xatolik deyilganda qo’llanayotgan o’lchash asboblari xatoliklariga bogiiq bo’lgan o’lchash xatoliklari tushuniladi. Yuqori aniqlikda O’lchaydigan asboblar qo’llanganda o’lchash asboblarining takomillashmaganligi tufayli kelib chiqadigan instrumental xatoliklar tuzatma kiritish usuli bilan bartaraf etiladi. Texnik o’lchash asboblarining instrumental xatoliklarini bartaraf etib bo’lmaydi, chunki bu asboblar tekshirilganda tuzatmalar bilan ta’minlanmaydi.


Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling