She riy vaznlar
Download 98 Kb.
|
She’riy vaznlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aruz sistemasi
She’riy vaznlar Reja: 1. She’riyatning xususiyatlari. 2. Aruz vazni. 3. Barmoq vazni. Har qanday she’r mustahkam hayotiy zaminga ega. Kundalik turmushda shunday paytlar boladiki, kishi beixtiyor qofiyalashtirib gapirib yuboradi. Sheriyat, shu kabi mustahkam hayotiy asoslari borlig’iga qaramay, u shartli nutqdir. Shuni aytish kifoyaki, opera, balet, muzika kabi san’at janrlari ham mustahkam hayotiy va ijtimoiy asosga ega. Lekin ularning barchasi hayotning shartli ifodasi, badiy in’ikosidir. A.S. Pushkin va M.Yu. Lermontov, H. Olimjon, Uyg’un, Erkin Vohidov kabi shoirlarning she’riy asarlari ham hayotiy voqelik asosida yaratilgan va ularning har biri o’ziga xos xususiyatga ega. Shu sababli ularni o’qishda har bir shoir poeziyaga xos xususiyatlarni mukammal va puxta o’rganib o’zlashtirib oladi. O’rganish va o’zlashtirish jarayoni esa g’oyat serqirra va murakkab bo’lib, bilim, mehnat va iste’dod talab qiladi. Shoir o’z asarini yaratish jarayonida hayotiy nutqni shartli ravishda ixchamlashtiriladli, muayyan sintaktik qurilishlara asoslanib misralar tuziladi va ,ayni paytda,hayotiy nutqni saqlab qolishga ham harat qiladi. shuning uchun ham sheriyatda tasvilangan real voqelik, mutanosiblik badiy haqiqat deb ataladi. She’rni shartli nutqqa aylantiruvchi omillar juda ko’p. Bu- o’lchov - vazn, qofiya, bant kabi she’riy mazmuni muayyan shaklda ifoda etuvchi komponentlardir. Bu omillar barchasi ma’lum adabiy qonun- qoidalar atrofida birlashadiki, she’riyatni ularsiz tasavvur etish mumkin emas. Aruz sistemasiAruz sistemasi o’zbek she’riyatiga fors adabiyoti orqali arablardan kirib kelgan bo’lib, ko’p asrlar davomida chuqur o’zlashib, milliylashib ketdi. Endi ana shu barkamol o’zbek aruzi haqida am bahs yuritishga barcha asoslar bor. Biroq aruz sistemasi o’zining asl tabiatini ham mustahkam saqlab qolgan. Shuning uchun bu sistemaning kelib chiqishi haqidagi ayrim faktorlar ijrochilik san’ati uchun, aruz sistemasining tabiatini aniqroq his etish uchun katta aaniyatga ega. Arablarning bir rivoyatiga ko’ra, aruz she’riyatining asosida tuyaning yurish ritmi yotarmish. Fors-tojik adabiyotining buyuk namoyandasi Sa’diy Sheroziy ham “ushtur ba she’ri arab dar holat astu tarab”, ya’ni “arab she’riyatiga tuyaning kayfiyati asosdir” deb bu fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Aslini olganda ham bu rivoyat behikmat emas. Chunki Arabiston kabi qum-sahrolik bir o’lkada she’riyatning tug’ilishiga bir tomondan tuyaning yurish ritmi asos slogan bo’lishi haqiqatdan uzoq emas. Bu taxminni shu narsa ham asoslaydiki, aruz sistemasida tuya bilan aloqador bir necha muhim terminlar ham mavjud. Jumladan: Rajaz – dam yurib, dam turuvchi tuya, Aql – tuyaning oyog’ini bog’lash, Hazm – tuyaning burnidan xalqa o’tkazish, Kasf – tuyaning tovonini kesish. va hokazo. Ana shularning barchasi aruz sistemasi bilan tuyaning yurish-turishi, holati o’rtasida qandaydir munosabat borligiga ishoradir. Bu roviyat nechogli afsona bo’lmasin yoki nechog’li haqiqat bo’lmasin, aruz sistemasida musiqiylik, ritm kabi faktorlarni belgilashda muayyan turtki berisi turgan gap. Navoiyshunos Sodiq Mirzayev esa aruzning kelib chiqishini arab musiqasi nazariyasi bilan bog’lab tekshiradi. Bu da’voga, masalan, arablar musiqada “sabab”, “vatad”, “fasila” kabi terminlarni tuzgan bo’lsalar, aruzda ham xuddi shu terminlarni qo’llaganlar” deb dalil keltiradi va o’z dalillarini har tomonlama asoslaydi. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling