1– amaliy mashg‘ulot elektrotermik qurilmalar. Ularda qizdirish rejimlari, qurilma yassi devorlarida issiqlik isrofini xisoblash
Download 23.77 Kb.
|
AMALIY 4TA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. masala yechish
9– AMALIY MASHG‘ULOT
Pechni qizdirish vaqtini aniqlash Pechlarni qizdirish vaqtini bilish uchun: 1) Sovuq va qisman sovugan pechni belgilangan xarorat rejimiga o‘tishi uchun tayyorlanadigan vaqt miqdorini aniqlash kerak; 2) Pechni qizdirish uchun sarf bo‘lgan energiya miqdorini aniqlash kerak. Pechni qizdirish davomida futerovka xamda issiqlik isroflarini kompensatsiya qiluvchi issiqlik sig‘imini ta’minlashga yetarli energiyani xisobga olish zarur. Sovuq xoldagi pechni qizdirishni boshlang‘ich xolatida uning issiqlik isroflari 0 ga teng, qizdirish yakunida esa u nominal qiymatgacha ko‘tariladi. Qizdirish davomidagi issiqlik muvozanatidan kelib chiqib, qizdirish vaqtini quyidagi formula orqali aniqlaymiz: τr = Wak/ (Ro‘r- Qo‘r.is.isr) (9.1) bu yerda: Wak – pechning qizdirish vaqtidagi to‘liq akkumulyatsiya qilingan issiqlik, kVts; Ro‘r– qizdirish davomidagi qizdaruvchi elementlarni o‘rtacha quvvati, kVt; Qo‘r.is.isr – pechni qizdirish davomidagi o‘rtacha issiqlik isrofi, kVt. Sovuq pechni qizdirish vaqtini xisoblashda issiqlik isrrofi Qo‘r.is.isr odatda pechning o‘rnatilgan ishchi rejimidagi issiqlik isroflarini 50% ga teng deb qabul qilinadi. Bunda pechni tirqishlaridan isrof bo‘ladigan issiqlik xisobga olinmaydi. Chunki odatda pech eshiklari berk xolda qizdiriladi. 1. masala yechish Sovuq rejimdan o‘rnatilgan rejimgacha pechni qizdirish vaqtini aniqlang. Pechni o‘rnatilgan quvvati R=100 kVt, Wak= 802,8 kVts, o‘rnatilgan rejimdagi pechni issiqlik isrofi Qis.isr= 10 kVt. Qizdirish davomidagi o‘rtacha pechning quvvatini o‘rnatilgan quvvatni 65% ini tashkil qiladi. Yechish: 1) O‘rtacha pechning quvvati Ro‘r= 0,65• 100= 65 kVt 2) Pechni qizdirish vaqti τr = Wak/ (Ro‘r- 0,5Qis.isr) = 802,8/ (65- 0,5• 10)= 13,4 s. Download 23.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling