1– amaliy mashg‘ulot elektrotermik qurilmalar. Ularda qizdirish rejimlari, qurilma yassi devorlarida issiqlik isrofini xisoblash
Download 23.77 Kb.
|
AMALIY 4TA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. masala yechish
Elektr qarshilik pechlarining qizdirish rejimini o‘rganish va uning issiqlik xisobi. Pechning yordamchi qurilmalarini qizdirishga sarflangan issiqlik miqdorini xisoblash
Pech bilan birgalikda qizdiriladigan yordamchi qurilmalar tarkibiga quyidagilar kiradi: tasma, roliklar, aravachalar, issiqqa chidamli zanjirlar va x.z. Yordamchi qurilmalarni qizitishga sarflangan issiqlik miqdorini aniqlashda foydali issiqlik miqdorini aniqlovchi formulalardan foydalaniladi. Faqatgina bu yerda yordamchi qurilmalarini issiqlik miqdori xisoblarida bir muncha noaniqliklarga duch kelishimiz mumkin. Buni oldini olishimiz uchun pech kamerasiga kirayotgan va chiqayotgan yordamchi qurilmalarni xaroratlarini tajriba natijalaridan kelib chiqqan xolda qabul qilib olishimiz kerak bo‘ladi. Xar qanday xolatlarda yordamchi qurilmalar og‘irligini, xamda yuklanayotgan foydali yukni og‘irligini taxminiy xisoblarini olib borishimiz kerak. Yordamchi qurilmalar og‘irligi ma’lum miqdorda pechni issiqlik bo‘yicha samarasiga ta’sir ko‘rsatadi. 1. masala yechish Ishchi xarorati t = 8500С va foydali unumdoligi g = 400 kg/s bo‘lgan po‘lat buyumlarni toblovchi Konveyer tipidagi pechni lentasini qizitish uchun kerak bo‘lgan quvvatni aniqlang. 1 kg maxsulotni yuklashdagi lenta og‘irligi 0,5 kg. Konveyer lentasi pech kamerasiga t0 = 4000С xarorat bilan kiradi. Konveyer lentasi markasi N28 bo‘lgan xromnikelli po‘latdan yasalgan. 4000С xaroratda solishtirma issiqlik sig‘imi s1=0,151 Vts/ kg0С, 8500С da esa solishtirma issiqlik sig‘imi s2=0,163 Vts/kg0С (P-6 jadvaldan olingan). Yechish: 1) 4000С dan 8500С diapazondagi xaroratni щrtacha solishtirma issiqlik sig‘imi so‘r = (s1+s2) = (0,151+0,163)/2= 0,157 Vts/kg0С 2) 1soat davomida pechdan o‘tadigan lenta og‘irligi gk=g • 0,5 = 200 kg/s 3) Konveyer lentasini qizdirish uchun sarflangan quvvat Qk= gk • so‘r (t - t0)= 200• 0,157(850-400) = 14120Vt (14,12 kVt). Download 23.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling