ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi:
elektrenergiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki impuls chiqishli);
ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, telesummator-lar va boshqalar);
kommunikatsiyalar (kommutatsiyalanadigan telefon kanallari, ajratilgan telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar);
aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar, multipleksorlar va boshqalar);
maxsus DTo‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr energiyasini yetkazib beruvchi bilan o‘lchov ma’lumotlarini almashtirish uchun).
ENHATning DTi quyidagitizimlardan iborat:
ma’lumotlar bazasi (MB)ni va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimi;
aloqa va kuch iste’molchilariliniyasi bo‘yicha hisoblagichlarni avtomatik so‘rov tizimi;
elektr hisoblagichlarning parametrlarini grafik ko‘rinishda aks ettirish tizimi;
ma’lumotlarni tahlil qilish tizimi;
kompleks ma’lumotlar bazasining avtomatlashtirilgan tizimi.
To‘g‘ri simli aloqali ENHAT
To‘g‘ri simli aloqa qo‘llaniladigan ENHAT sxemasi eng sodda va eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Qurilmalarga kam sarf-xarajat bo‘lganda korxona energetigi realvaqt oralig‘ida barcha sexlar va
- bo‘limlardagi elektr energiya iste’molini kuzatish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Bunday sxemalar asosan o‘rta va kichik quvvatli korxonalar elektr
energiyasini texnik hisobga
olishni avtomatlashtirish uchun qo‘llanildi. Hisoblagichlarni kompyuterga ulash RS232/485 adapter orqali standart tashqi ta’sirlardan himoyalangan UTP5cat tarmoq kabeli yordamida amalga oshiriladi. Bunda 32 tagacha hisoblagichlarni bitta guruhda birlashtirish mumkin, liniyaning uzunligi 1200 m gacha, ma’lumotlarni uzatish tezligi 115200 kB/s gacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |