1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet10/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

4-bosqich
Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
ilova xati;
– standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
– asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
– standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‘lishi lozim;
– standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
– standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‘plami;
– kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
elektron versiya;
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart teadiqlanadi va amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O‘zstandart Agentligi) standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotga qo‘shiыcha talablar davlat ro‘yxatidan o‘tkzzilmaydi.
Standart davlat ro‘yxatiga 4 nus’hada taqdim etiladi: asliyat, ikkinchi nus’ha (dublikat) va ikkita nus’ha.
Standartning ikkinchi nus’hasi standart asliyatiga o‘xshash bo‘lishi va undan zarur sifatli nus’ha olishni ta’minlashi kerak.
Standart davlat ruyxatiga ikki tilda: davlat va rus tillarida taqdim etilishi lozim.
Standartga zarur bo‘lganda kiritiladigan tuzatishlar qo‘ldan qora tush, pasta, siyoh bilan aniq yozilishi, birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar (rahbar muovini) imzosi va ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etgan idora (tashkilot) ning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Standart davlat ro‘yxatidan ko‘pi bilan 5 kun muddatda o‘tkaziladi.
Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qat’iy nazar, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O‘zstandart Agentligi) tomonidan amalga oshiriladi. Standart belgisi quyidegilardan iborat bo‘ladi:
– hujjat indeksi – O’z DSt
– ro‘yxatga olingan tartib raqami;
– ikki nuqta bilan ayirilgan tasdiqlash yilining to‘rtta raqami: masalan, O’z DSt 789:2022
Standart asliyati, ikkinchi nus’hasi va ikkita nus’hasining birinchi betlarida ro‘yxatga oluvchi idora ro‘yxatga olgan idora nomi, sana va davlat ro‘yxatidan o‘tgan nomeri ko‘rsatilgan shtamp bosadi.
Standartning ikkinchi nus’hasi va bir nus’ha O‘zstandart Agentligida qoladi.
Standart asliyati va nus’haning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling